Islomiy inqilobni suratga olgan ijodkor
Dunyodagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunyoga kelib Parijda dunyoga tanildi. U hali sakkiz yoshda ekanida Frantsiya nazoratidagi Jazoirga ko‘chib o‘tdi.
1978 yildan to 1980 yilgacha hukm surgan Eron Islomiy inqilobini Abbos qo‘lidagi fotoapparat bilan kuzatadi.
1983 yilda Meksikaga sayohat qilgan Abbos bu mamlakat ko‘rinishlarini suratga olish asnosida fotografiya maslagiga oshiq bo‘ldi.
Shundan keyin Marokashga safar qilgan Abbos bu mamlakatda uzoq qoldi va islomga talpinish mavzusini o‘zi uchun kashf qildi.
Bu mavzuni yoritish uchun Abbos urush jangoxlari, mahalliy nizo olovi chiqqan joylar, inqilob va to‘ntarishlar bois ag‘dar-to‘ntar bo‘lgan makonlarni kezib chiqdi.
Bu zahmat zamarasi o‘laroq 1994 yilda uning “Olloxu Akbar: Jangari islom uzra sayohat” degan fotoalbomi nashr qilindi.
Bu kitob 2001 yilda terror hujumini boshdan kechirgan AQShda mashxur bo‘ldi.
Gorbachevning “qayta qurish” yillarida Abbos Markaziy Osiyoga safar qilib islomga intilish harakatlarining tetapoya davrini tasmaga muxrladi.
Bu rasmlarda sho‘ro ateizmidan charchab, Gorbachev bergan ozodlik qanotida islomga talpingan mintaqa aholisining bokira tuyg‘ulari aks etgan.
Abbos “Magnum Fotos” agentligining egasidir.
Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com