Asosiy mavzular
15 fevral 2017

Nodavlat tashkilotlar yomonotliq qilindi

«Jamiyat» gazetasi (10.02) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining «sirli qirralari» haqida maqola e'lon qildi.

Unda yozilishicha, «dunyoda o‘z manfaatini boshqalarnikidan ustun qo‘yadigan kuchlar… ayirmachilik, ekstremizm g‘oyalarini yoyishda, jamoatchilik fikrini o‘zgartirishda ko‘p hollarda aynan xalqaro va mahalliy NNTlar imkoniyatidan foydalanadi».

Maqolada xalqaro NNTlar maqsadi «go‘yoki xayriya, ijtimoiy yordamga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, aslida josuslik faoliyatini ham amalga oshirishi» ta'kidlanadi.

Maqsadi boshqa NNTlar qatorida Milliy demokratik institut, Jorj Soros fondi, Freedom house sanab o‘tilgan.

«Ta'kidlanishicha, ushbu tashkilotlar tomonidan e'lon qilib boriladigan turli reytinglar, tahlillar muayyan davlatni obro‘sizlantirish, imijini tushirishga yo‘naltirilmoqda. Asosiy maqsad esa manfaatlariga bo‘ysunmaydigan tizimlarni izdan chiqarish, halokatga boshlashdir», deyiladi maqolada.

Unda ayrim NNTlar fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, matbuotni kuchaytirish, demokratiya chuqur ildiz otishiga ko‘maklashish bahonasida saylov jarayonlariga aralashish va o‘zlari istagan nomzodning g‘alabasini ta'minlash maqsadini ko‘zlashi bildiriladi.

Maqolada «xalqaro NTTlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun ko‘proq yoshlarni nishonga olishi» aytiladi va bunga isbot tariqasida ularning internetdagi faolligi keltiriladi.

Qizig‘i shundaki, bunday tashkilotlarning globallashuv jarayonini tezlashtirishga xizmat qilishi, «internet rivoji, ommaviyligini oshirishda asosiy rol o‘ynashi» ularning salbiy faoliyati sifatida tilga olinadi.

«Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining siyosiy qarashlarini kengroq yoyish, yoshlarga ta'sir o‘tkazish maqsadida zamirida yovuz maqsad bo‘lgan ma'lumotlarni joylashtirmoqda», deyiladi gazetada.

Internet orqali ta'sir ko‘rsatishga misol tariqasida 2009 yilda Moldovada bo‘lib o‘tgan «fleshmob revolyutsiyasi», Liviyadagi qonli voqealar sanab o‘tiladi.

Maqolada O‘zbekistondagi NNTlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tilmagan. Shunday bo‘lsa-da, uni o‘qib: «Yurtimizda mustaqil NNTlar faoliyati rivojlanmagani sababi ulardan qo‘rquvmi?» degan savol kelib chiqishi tabiiy.

Qolaversa, gazeta NNTlar jamiyat manfaatlarining ifodachisi, jamiyat rivojida katta o‘rin tushishi, davlatni o‘z fuqarolari fikri bilan hisoblashishida muhim vositalardan biri ekani masalalariga to‘xtalib o‘tirmagan.

Shuningdek, mazkur gazeta prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi qarori asosida qurilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tganlar «baxtli hayot kechirishi»ni ham ta'kidlagan.

Agar hisob-kitob qilib ko‘rilsa, bor-yo‘g‘i uch oyda qurib bitkazilgan bu uylarning sifati masalasi negadir chetda qolgan.
Bundan ko‘rinadiki, gazetada bosilgan bu haqdagi lavhadan asosiy maqsad yangi xonadon sohiblarining «buning uchun prezidentimizdan minnatdormiz», degan so‘zlarini mushtariylarga yetkazish bo‘lgan.

Bahodir Sharif

O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 mart 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
2 aprel 2016
Endilikda O‘zbekistonda ayg‘oqchilik qilish uchun SNBa yollanish shartmas, aholi ko‘p to‘plangan joylarda biror odamning davlatga qarshiligidan gumoningiz bo‘lsa kifoya. ...
23 may 2019
Las-Vegas – gunohlar shahri. Aholisi yarim million, daromadi kazino va qimordan keladigan bu shaharda bir nechta masjid bor, bugungi ...
5 avgust 2019
Haydovchilarni qayta tayyorlash va bu haqda sertifikat berish tizimini to‘laligicha monopoliya qilib olgan “Avtotest Report” MChJning kutilmaganda “o‘yindan chiqishi”ni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...