Yelena Urlaeva ruhiy shifoxonadan ozod etildi
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi.
U majburiy davolanishda 23 kun qoldi.
Muolajaga yotqizish haqidagi sud qarori unga yoki yaqinlariga berilmagan.
Yelena 1 mart kuni Shayhontovur tuman militsiyasi xodimlari tomonidan hech bir asosli sababsiz ushlandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, militsiya xodimlari unga tahdid qilishgan, haqoratlashgan «sigaret dudini yuziga puflashgan», keyin esa ruhiy shifoxona brigadasini chaqirishgan.
Yelena Urlaeva inson huquqlari bilan 15 yildan buyon shug‘ullanadi.
Jasurligi va nohaqliklardan jabrlanganlarga yordam berishga intilishi bilan tanilgan.
O‘z faoliyati uchun 2010 yili u shved diplomati Per Anger mukofotiga sazovor bo‘lgan.
2015 yili esa Janubiy Koreyaning Tji Hak-Soon «Tinchlik va haqqoniylik uchun» mukofotini olgan edi.
Eltuz.com