Asosiy mavzular
31 mart 2017

Amnesty: O‘zbek hukumati ayg‘oqchiligi faollar hayotini og‘irlashtirmoqda

Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi.

Ayni hisobotida, inson huquqlari xalqaro tashkiloti O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolari ortidan hatto Yevropa davlatlarida ham ayg‘oqchilik qilayotganiga guvohliklar keltirgan.

«Ayg‘oqchilik O‘zbekistonda shusiz ham repressiv sharoitlarda qolayotgan huquq himoyachilari, jurnalistlar, siyosiy faollar va boshqalarning ahvolini yanada og‘irlashtirishga xizmat qiladi», deyiladi 29 sahifadan iborat hisobot muqaddimasida.

Qo‘rquv muhiti

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati muhojirlikdagi o‘zbekistonliklarni o‘zining qo‘rquv muhiti va mavhumlik qobig‘iga tortmoqda.

O‘zbek josuslik xizmatlarining noqonuniy usullar yordamida faollarning shaxsiy hayotiga aralashayotgani, ularning telefon, kompyuter, smartfonlarini uzluksiz nazoratga olib, ta'qib qilayotgani yetti nafar o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi asosida ayni hisobotdan o‘rin olgan.

Bu hikoyalar, mahfiy texnologiyalar yordamidagi poyloqchilik nafaqat muhojirlarning, balki ularning uzoq-yaqin qarindoshlari hayotiga kirib borayotgan qo‘rquv haqidadir.

Shvetsiyalik faollardan biri, og‘ir yotgan xolasidan xavotir olib unga qo‘ng‘iroq qilganini eslaydi.

So‘zlashuv ortidan, militsiya uni so‘roq qilgan. Keyinchalik u vafot etgan. Qarindoshlar orasida esa uning telefonini kim bu odamga berdi degan vahima-janjal tarqalgan.

Fishing jabrdiydalari

Hisobotdan 2014 yilning noyabrida elektron pochtasi buzilishi oqibatida 9 yil faoliyat yurgazgan saytni yopishga majbur bo‘lgan Galima Buxarboeva hikoyasi ham o‘rin olgan.

O‘shanda Uznews.net faoliyatiga oid hujjatlar fishing – ya'ni aldov yo‘li bilan pochta akkaunti kalitlarini qo‘lga kiritish orqali amalga oshirilgan edi.

Keyinchalik esa pochta qutisidan o‘g‘irlangan bu hujjatlar, O‘zbekistondan yozayotgan jurnalistlarga bosim o‘tkazilishiga dastak bo‘lgan.

Ularning ko‘pchiligi mamlakatni tashlab chiqishga, qolganlari esa jurnalistikani tark qilishga majbur bo‘lishgan.

Shu tariqa, sayt bilan hamkorlik qilgan Dmitriy Tixonov Germaniyaga, Gulasal Kamolova va Vasiliy Markov esa Frantsiyaga muhojirlikka ketishga majbur bo‘lishgandi.

Hisobotda ularning har biri josuslik nayranglaridan qanday aziyat ko‘rishgani haqida gapirishadi.

Amnesti talab va tavsiyalari

Hisobot mualliflari o‘zbek hukumatini sud qarorisiz, hech bir sabab bilan so‘zlashuvlar va yozishmalarni nazorat qilmaslikka, mustaqil jurnalistlar akkreditatsiyasiga bo‘lgan kuchaytirilgan talablarni bekor qilishga, chaqiradi.

Boshqa davlatlardan va telekommunikatsiya shirkatlaridan esa, toki O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha hisobotdorlik yo‘lga qo‘yilib, ayg‘oqchilik amallari talab darajasida cheklanmaguniga qadar mamlakatga ilg‘or axborot olish texnologiyalarini bermaslik talab qilinadi.

To‘liq hisobotni bu yerda rus tilida o‘qish mumkin: https://www.facebook.com/yuliy.yusupov?fref=ts

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2016
Ertalabdan machit ostonasidan bolalarni haydash boshlandi. Imom ham sobiq prezidentni avliyo darajasiga olib chiqib qo‘ydi. Televizor, radio va gazetalar ...
9 sentyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda chop etilgan deyarli barcha nashrlar bir xil qiyofaga ...
21 fevral 2018
Moliyaviy piramida yaratgan chinozlik tadbirkor, 40 yoshli Ahmad Tursunboev 13 yilga hukm etildi. Amnistiya qo‘llanib, jazo to‘rtdan birga qisqartirildi. ...
3 fevral 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...