Asosiy mavzular
26 aprel 2018

Andijonda yana bir maktab o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi

Andijon shahridagi 18-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 22 aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi o‘zaro janjalda pichoqbozlik qurboni bo‘ldi.

Maktab joylashgan mahalla hududida yashovchi shaxsning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, o‘smir yigitlar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan.

Ommaviy mushtlashuvda pichoq chiqargan yigitlardan biri maktabdoshini jarohatlagan.

Yetkazilgan og‘ir tan jarohatidan o‘quvchi kasalxonada vafot etgan.

Qotillik jinoyatlariga yoshlarning yonida pichoq saqlab yurishi sababmi?

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan “Eltuz”ga ma'lum bo‘lishicha, keyingi paytlarda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida guruh-guruh bo‘lib mushtlashish holatlari birmuncha ko‘paygan. O‘smirlar orasida pichoq, pakki kabi o‘tkir kesuvchi buyumlarni yashirincha olib yurish ommalashgan.

Ayni vaqtda maktablarda o‘quvchilar nazorati kuchaytirilgan. Ota-onalar, mahalla faollari, o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilishlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarning sog‘lig‘iga amalda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir kesuvchi buyumlarni aniqlash va ularni zararsizlantirish maqsadida “TIG‘” tadbiri ham o‘tkazib kelinayotganini bildiradi profilaktika inspektorlaridan biri “Eltuz” muxbiriga.

“Biroq hozircha profilaktika ishlari yetarlicha samara bermayapti. O‘tgan bir oy davomida shahar maktablari o‘quvchilari tomonidan ikki marta ommaviy huquqbuzarlik qayd etildi va har ikkala holat ham navqiron o‘smirning o‘limi bilan yakunlandi”,- deydi inspektor.

Xodimning ta'kidlashicha, o‘smirlarni 24 soat davomida nazorat qilishning iloji yo‘q. Buning uchun maktab, oila, mahalla hamkorlikda ish olib borishi kerak. Ammo ayrim ota-onalarining farzandlari tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajrata olmayotganliklari, ayni o‘smir yoshda nazoratsiz tashlab qo‘yayotganliklari shunday fojealarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, bundan bir oycha oldin ham shahar XTBga qarashli 29 va 10-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi mojaro mushtlashuvga sabab bo‘lgan, oqibatda Asror ismli 9-sinf o‘quvchisi pichoq orqali yetkazilgan tan jarohatidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgandi.

Shohida Saidova
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 noyabr 2020
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ...
4 dekabr 2019
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to‘ladi. Muhammad Solih hayoti haqidagi ...
19 dekabr 2019
Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro qurilishi paytida ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan olti nafar shaxsning ismlarini e'lon qildi. Ularning to‘rttasi Qashqadaryoda, ...
27 aprel 2020
Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkentning Kamolon mahallasida shaharni bosib olgan rus harbiylariga xotirasiga bunyod etilgan butxona qayta tiklanib, ...
Bloglar
13 aprel 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni ...
11 aprel 2021
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir ...
8 aprel 2021
2010 yil 7 aprel kuni o‘z qarorlari bilan oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun narx-navoni mislsiz ...