3 iyun – Frants Kafka olamdan o‘tgan kun
Frants Kafka o‘limidan keyingina ko‘plab asarlari chop etilgan va dunyoga tanilgan 20-asrning buyuk yozuvchilaridan biridir.
Tirikligida u bir nechta qisqa hikoyalarinigina chop etishga ulgurdi. Biroq bu asarlar Kafka ijodining kamgina qismini tashkil etgan va hayotligida unga shuhrat keltirmagan edi.
Kafka 1924 yilning 3 iyunida Vena yaqinidagi shifoxonada, 40 yoshida sil kasali asorati tufayli olamdan o‘tadi.
O‘limi oldidan u do‘sti va adabiy vorisi Maks Brodga barcha asarlarini yoqib yuborishni vasiyat qiladi.
Yozuvchining sevgilisi Dora Diamant haqiqatan ham uning bir qancha qo‘lyozmalarini yo‘q qilishga ulguradi.
Biroq Maks Brod o‘z do‘stining o‘lim oldidagi vasiyatiga amal qilmaslikni ma'qul ko‘radi. Qat'iyat bilan uning asarlarini saqlab qolishga va chop qilishga kirishadi.
Kafkaning jahon e'tiborini qozongan yirik romanlari – «Amerika», «Protsess» va «Qo‘rg‘on» uning o‘limidan keyin chop etilgan edi.
Darvoqe, Kafkaning mashhur «Evrilish» qissasini ulug‘ o‘zbek adibi Muhammad Solih o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.
Eltuz.com