UzPoster
18 iyul 2018

Toshkentda yana bir tarixiy devoriy asar o‘chirildi

Poytaxtning Yunusobod tumani hokimi buyrug‘i bilan 12 iyul kuni, tumanning 11-dahasidagi, 17-uy devoriga ishlangan mozaika usti oqqa bo‘yaldi.

Bu devoriy asar 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng taniqli rassomlar Petr va Nikolay Jarskiylar tomonidan ishlangan edi. Vandalizm fakti haqida «Ozodlik» radiosi xabar tarqatdi.

Bundan ilgari, 25 iyunda «Eltuz» nashri O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari tarafidan bo‘yoq chaplangani haqida yozgan edi.

Bu asar ham rassomning vayron qilingan ilk asari emas. Shu yil boshida «Eltuz» nashri ayni rassomning «Dom kino»dagi freskasi ham prezident Shavkat Mirziyoevning buyrug‘i bilan yo‘q qilingandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2018
Moskvada Karimov haykali ochilgan 18 oktyabr kuni o‘zbek migrantlaridan biri haykal oldida ta'zim qilib, uning poyini o‘pdi. Absurd holat ...
30 noyabr 2017
Noyabr oxiriga kelib Mirziyoevning «qishloqlardagi har bir xonadonning tovuq boqishi va limon yetishtirishi»ga imkon yaratishga oid tashabbusi o‘zini oqlamagani ...
9 avgust 2021
O‘zbek olimlarining xorijda e'lon qilinadigan maqolalarining 98 foizga yaqini obro‘si yo‘q jurnallarda chop etiladi. Devid Trilling Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuzatib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...