Asosiy mavzular
21 dekabr 2018

Namanganlik aktyorlar qorong‘u cahnada yangi yilga tayyorlanishmoqda

Qalin kurtkalar, quloqchinlar kiyib, smartfon yorug‘ida turgan bu odamlar – Namangan musiqali drama aktyorlari. «Eltuz»ga ushbu suratni jo‘natgan muxlisga ko‘ra, ular 17 dekabr kuni teatrning qorong‘u va sovuq zalida bu yilgi yangi yil spektakli repetitsiyasini qilishmoqda…

Teatr jamoasiga tezlik bilan yangi yil tomoshalariga tayyorgarlik ko‘rish haqida «yuqori»dan buyruq bo‘lgan. Lekin, rasmda ko‘rinib turganidek, chiroq berilmagan, teatr zali juda sovuq.  

«Namangan teatri ijodkorlari og‘ir ahvolda ishlashyapti. Teatr garderobdan boshlanadi, degan kalima bugun Namangan teatriga taalluqli emas», dedi «Eltuz»ga surat muallifi D.F.

Namangan davlat musiqali drama teatriga ilk bor havaskorlik jamoasi ko‘rinishida 1931 yili asos solingan.

O‘tgan yillar davomida teatr sahnasiga Cho‘lponning «Hujum», K.Gotsining «Malikai Turondot», Shillerning «Makr va muhabbat», Shekspirning «Qirol Lir nabiralari» kabi sahna asarlari olib chiqilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 noyabr 2015
2015 yilning 8 – 9 iyulya Jenevada Inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasining kengashi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistondagi vaziyat muhokama ...
8 may 2015
Siz ayta olasizmi “O‘zbek-nemis inson huquqlari forumi” (Uzbek-German Forum – UGF)ga raxbarligingiz haqida? – 2008 yili men O‘zbekistonda to‘rt ...
6 aprel 2020
Qirg‘izistonning Chuy viloyatida bir kunda ikki o‘spirin o‘z joniga qasd qilgani haqida “Ozodlik”ning qirg‘iz xizmati xabar berdi. Mahalliy ichki ...
25 fevral 2020
Shu kuni uyquga yotish e'lon qilinganidan so‘ng taxminan tungi soat 2 gacha uxlolmadim. Antonenkoning aslida kim ekanligi haqda bosh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...