Asosiy mavzular
21 fevral 2019

Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov hibsga olindi

Oliy sud raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21 fevral kuni o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi.

Dehqonov DXXning sobiq raisi, 8 fevraldan beri hibsda qolayotgan Ixtiyor Abdullaevning qudasidir.

Dehqonov 2010 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan edi. U o‘shanda Andijon viloyati prokurori vazifasida ishlagan.

Bahodir Dehqonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan 2017 yilning 30 mayida Oliy sud raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.

Jurnalist Bobojonovlarning uylarini tortib olish haqida ajrim chiqarib, siyosiy o‘ch olish tadbirida ishtirok etgan Bahodir Dehqonov, «Eltuz» manbalariga ko‘ra, joriy yilning 15 fevralida ishdan bo‘shatildi.

Dehqonov Prezident xavfsizlik xizmati maxsus guruhi tarafidan qo‘lga olingan. Ayni paytda DXXning Yunusoboddagi tergov izolyatorida so‘roq qilinmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 sentyabr 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan. ...
17 sentyabr 2018
Ikki janjal ortidan ijtimoiy tarmoq qahramoniga aylangan Sherzod Qudratxo‘jaev 17 sentyabr kuni tanqidlarga javob berdi. U rus ayoliga: «Uyat! ...
15 may 2017
Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili ...
24 noyabr 2016
72 yoshli siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonovning yaqinlaridan bugun Eltuz.comga yetib kelgan xabarga ko‘ra oxirgi sud ajrimi bekor qilingan, uning ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...