Yoqutistonda jinsiy tajovuz ortidan migrantlarga qarshi miting bo‘ldi
Yakutsk shahrida mahalliy ayolning zo‘rlangani haqidagi xabardan so‘ng, 17 mart kuni kechqurun o‘rta osiyolik migrantlarga qarshi stixiyali norozilik mitingi bo‘ldi.
Tergov qo‘mitasi Yoqutiston boshqarmasining bildirishicha, o‘sha kuni ertalab turar joylar yaqinidagi bolalar maydonchasi hududida bir ayolni zo‘ravonlik bilan mashinaga mindirib olib ketishgan. Soat 16:00 da ayol o‘zining zo‘rlangani haqida huquq-tartibot idoralariga xabar bergan.
O‘g‘irlash va zo‘rlashda o‘rta osiyolik uch shaxs gumon qilinmoqda, ularning biri ushlangan.
«Yakutiya.Info» nashrining politsiyadan iqtibos keltirib yozishicha, stixiyali mitingda 200 tacha odam qatnashgan. Politsiya to‘planganlarni tarqalishga chaqirgan va aktsiyani nazorat ostiga olishga uringan.
Miting ishtirokchilari 18 mart kuni kechqurun «Triumf» sport majmuasida tag‘in yig‘ilishni rejalashtirmoqda. Yoqutiston rahbari Ayen Nikolaevning «RosBiznesKonsalting» (RBK) telekanaliga aytishicha, hukumat rahbarlarining namoyishchilar bilan uchrashishga kelishi kutilmoqda.
Yakutskdagi masjid stixiyali mitingdan so‘ng politsiyaning kuchli qo‘rig‘i ostiga olindi.
Eltuz.com