Asosiy mavzular
20 aprel 2019

Qozog‘istonda o‘zbeklar mingan yana bir avtobus halokatga uchradi

20 aprel kuni Qozog‘istonning Jambul viloyatidagi «Toshkent-Olmaota» trassasida avtobus halokatga uchradi. Yo‘lovchilari aksariyat o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus halokatida kamida 11 kishi o‘lgan.

«Ozodlik» radiosining qozoq xizmati xabariga ko‘ra, yengil avtomobil yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan.

Boshqa bir xabarga ko‘ra, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan Toyota avtomobilidan qochishga uringan avtobus ag‘darilgan.

Voqea joyida sakkiz odam halok bo‘lgan, yana uchta shaxs shifoxonada o‘lgan. Jami 32 shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istonda Rossiyaga ketayotgan o‘zbek mardikorlari mingan avtobuslarning halokatga uchrashi keyingi davrda ko‘p uchraydigan holatga aylandi.

Joriy yilning 4 fevralida ham «Eltuz» nashri o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobusning Qozog‘istonda buzilgani haqida xabar bergan edi.

O‘shanda 45 daraja sovuqda muzlab qolgan o‘zbeklar qutqarilgan va isinish uchun Kogam qishlog‘idagi maktabga olib borilgan edi.

«Eltuz» nashri o‘tgan yilning yanvarida ham Rossiyaga otlangan, buzuq avtobusda muzlagan 41 nafar o‘zbekning qutqarilgani haqida yozgan edi.

Voqeadan uch to‘rt kun avval, 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus yong‘inida 52 nafar o‘zbekistonlik kuyib kul bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 yanvar 2024
Mana bu videotasvirlarda ikki kishi o‘rtasida mushtlashuv boshlanganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay, orqaga chekinayotgan shaxsga to‘da bo‘lib hujum qiladilar, ...
17 noyabr 2021
15 noyabr kuni 76 yoshli Rustam Inoyatov hukumatdagi lavozimidan bo‘shatildi. MXXning (hozirgi DXX) sobiq raisi Inoyatov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi ...
21 avgust 2017
Markazi Berlinda joylashgan O‘zbekiston-Germaniya Forumi (UGF) 21 avgust kuni O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi yangi animatsion rolikni taqdim etdi. Animatsiya ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...