Muhammad Solih: «Mirziyoev siyosati populizmdan iborat»
Sharqiy Yevropa kommunizm asorati va Sovet nazoratining 30 yilligini nishonlayotgan paytda Praga shahriga kelgan muxolifatdagi “Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 9 dekabr kuni «Nastoyaщee vremya. Aziya» dasturiga intervyu berdi.
Suhbat asnosida Muhammad Solih O‘zbekistonda kechayotgan saylov jarayonlarini izohladi.
Solihga ko‘ra, “saylov aynan Karimov davridagi spektaklning nusxasidir va uning demokratik jarayonlarga aloqasi yo‘q”.
Shuningdek, Muhammad Solih ko‘rsatuv boshlovchisi savollariga javob berarkan, O‘zbekistonning iqtidordagi prezidenti Shavkat Mirziyoevning siyosati populizmdangina iborat ekanligini urg‘uladi.
«Nastoyaщee vremya. Aziya» – Markaziy Osiyo mintaqasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston yangiliklari bilan tanishtiruvchi axborot dasturidir.
Muxammad Solih ishtirokidagi dasturni 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20.05 da sun'iy yo‘ldosh kanali orqali tomosha qilish mumkin.
Eltuz.com