Asosiy mavzular
15 yanvar 2024

Rossiyaning “SSSRni tiklash” kabi imperiyachilik ambitsiyalari avj olmoqda

Prezident Mirziyoev 12 yanvar kuni Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida o‘zbek mediyasi uchun milliy kontent yaratish zarurati haqida gapirdi.

«Biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlarni xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib beramiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma'lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz to‘ldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» dedi prezident

Prezident nutqini tahlil qilgan o‘zbekistonlik tahlilchi Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, “buni boshqalar qiladi” emas, balki yigirma yildan ziyod vaqt davomida qilib kelishmoqda.

“Aynan Rossiyaning rasmiy ommaviy axborot vositalari nafaqat “odamlardagi yangilik, tahliliy ma'lumotlar, real voqealarga ehtiyojini qondirmoqda”, balki fuqarolarimizning miyasiga mutlaq yolg‘on, nafrat, adovatni joylamoqda hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ksenofobiya va natsistlar g‘oyasini ilgari surib kelmoqda” deya muammoning indallosini urg‘ulaydi tahlilchi.

Shu bilan birga, tahlilchining fikrlariga ko‘ra, chinakamiga intellektual genotsidni amalga oshirib kelayotgan ushbu tarixda misli ko‘rilmagan tashviqot mashinasi umuman olganda, mamlakatimizda hech qanday alternativasiz va boz ustiga, davlat amaldorlarimizning qo‘llovi bilan ishlab kelmoqda.

“Rossiya rahbariyati o‘z mamlakati ichida barcha erkinlik alomatlarini bo‘g‘ib qo‘ygan holda, chinakamiga fashistik diktatura yaratib, Ukrainaga qarshi to‘la ko‘lamli jinoiy, qonli agressiyasini boshlagan bir paytda ham ushbu propaganda mashinasining ishi yurtimizda hech qanday to‘siqlarsiz o‘z ishida davom etmoqda” deya ta'kidlaydi tahlilchi. 

Va shu bilan birga, Kreml “SSSRni qayta tiklash” bo‘yicha o‘zining imperiyachilik ambitsiyalarini yashirmayapti.

“Aqlni zaiflashtiruvchi debilizator nafaqat Rossiya telekanallari, balki ko‘plab boshqa “axborot” manbaalari, shu jumladan, o‘z mamlakatini mustamlakaga aylantirishni maqsad qilib olgan mahalliy kollobarantlar ko‘rinishda  ham o‘z ishini to‘xtamay davom ettirmoqda…”

Eslatib o‘tamiz, bu fikrlari bilan o‘zbekistonlik tahlilchi Yuliy Yusupov Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida prezident bildirgan “mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xolat”ga aniqlik kiritgan.

Eltuz Rossiyaning O‘zbekistonga qarshi olib borayotgan axborot urushiga oid tahliliy ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
5 aprel 2021
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Yaxshigul Jumaeva (ismi o‘zgartirilgan) shar'iy nikohdagi eri o‘z tug‘ishgan ukasi bilan uni jinsiy ...
2 iyul 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi «Qizil kxmerlar» kelganini, ular butun mamlakat bo‘ylab fashistik diktatura ...
22 may 2023
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...