Asosiy mavzular
17 dekabr 2019

Ahmoq avlod rejim tayanchimi?

O‘zbekistonda saylov o‘yinlari avj olishi fonida Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov mamlakatda 25 yil davomida amaliyotda bo‘lgan ta'lim tizimi xato bo‘lganini bildirdi.

Bu gaplarni eshitib, rossiyalik marhum qiziqchi Mixail Zadornovning gaplari esga tushdi.

“Maktab dasturi qanchalik ahmoqona bo‘lsa, yosh avlod nazdida hukumat shunchalik donishmand ko‘rinadi”, degan edi u.

Zadornov o‘z latifalarida Amerikanikimi bo‘ladimi, Rossiyanikimi bo‘ladimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti mohiyati ustidan avra-astarani chiqarib kular edi.

Yaqinda “Quvnoqlar va zukkolar”ning navbatdagi sonini ko‘rdim. Ochig‘i, menga yoqqan joylari ko‘p bo‘ldi.

Qashqadaryolik talabalar sahnada rezina etik kiyib chiqdi. Qashqadaryoga yangi hokim tayinlanganiga ishora edi bu.

Esingizda bo‘lsa, bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan davrida Qashqadaryoning yangi hokimi kimlarnidir ariqqa tushirib qo‘ygani uchun lavozimidan ajralgan edi.

“Quvnoqlar va zukkolar”dagi boshqa bir guruhning hazili ham bundan kam bo‘lmadi. O‘tgan safar musobaqaning qaysidir bosqichiga chiqqani uchun 2 million so‘m mukofot olishgan ekan.

Keyingi safar 2,5 million so‘m olsam, 5 ta bola-chaqam bilan maza qilib yashayman, deganga o‘xshash hazili bilan ko‘nglimizdan joy oldi.

Bu hazil 5 nafar bola bilan Toshkentda oromijon hayot kechiradigan oila haqida lof urgan partiya rahbarining jiddiy bayonotiga latifanamo ishora edi.

Havasimiz keldi. Shuncha vaqtgacha Zadornov aytgan latifadagi avlodda shuncha o‘zgarish yuz berayotganiga. Demak, avlod o‘zgaryapti…

Ammo to‘liq emas. Avlodning aksariyati hali ham o‘sha Zadornov aytgan maqomda. Biz o‘tgan davr mobaynida o‘zimizning ahmoqona ta'lim tizimimiz vositada faqat avtoritar tuzum manfaatini qo‘llab-quvvatlaydigan avlod yaratdik.

Ular bugun ham o‘z basharalarini yashirayotgani yo‘q. Ular hozir ham oramizda va juda faol.

Bu avlodning ba'zi vakillari bugun ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda trollik qilish ortidan kun kechirmoqda.

Boshqalari esa hali ham “yurtboshi”, “prezidentimiz rahnamoligida”, “dollarga sotilgan xoinlar”, “vatanfurushlar”, “yurtimizni ko‘ra olmaydiganlar”, “bu o‘lkada tug‘ilganimdan faxrlanaman”, “musaffo osmonimiz”, “ulkan islohotlar”, “keyingi ikki-uch yilda erishilgan yutuqlar” kabi istilohlar soyasida kar'era qurish harakatida yuribdi.

O‘zi so‘nggi vaqtlarda faqat tariximizni yomonlash bilan kun o‘tkazdik.

Karimov zamonida sovet davri ustidan sochmagan kulimiz qolmadi. Mirziyoev davrida esa Karimovga til tekkizmagan holda uning davriga kul sochish avj olyapti.

Nazarimizda, bu Karimov davrida yetishgan avlodning Mirziyoev zamoniga moslashuvidir. Aslida biz so‘nggi yillarda hamma zamonlarga, to‘g‘rirog‘i, har qanday hukmron shaxslarga moslashuvchan avlodni voyaga yetkazdik.

Bu avlod Zadonov aytgan avlod, bu avlod Boymurod Yusupov aytganidek, 25 yillik noto‘g‘ri ta'lim tizimi tarbiyalagan avlod.

Avtoritar tuzum o‘zini o‘zi himoya qilish, o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun yaratgan avlod.

Undan oldingi tariximiz xususida to‘xtalmadik. Xalqimiz yaqin o‘tmishdan emas, azaldan shunday bo‘lib kelgan, degan tushunchalardan qochdik.

Katta bir xalqning, bir vaqtlar dunyoni titratgan, yovga ham, o‘ziga zulm o‘tkazgan hukmdorga ham tik qarab, haqini talab qila olgan xalqning xotirasini haqoratlashdan tiyildik.

Ammo bugunimiznigina emas, balki haq uchun har narsadan toymaydigan xalqning kelajagini o‘ylab bir masalani o‘rtaga tashlash o‘rinli bo‘ladi.

Qachon biz hukmron doiralar emas, balki xalq manfaatlari yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan avlod yetishtiramiz?!…

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2022
Rassom Tuz
1 iyul 2019
O‘zbekistonda hokimiyat organlarining axborot makonini vertikal nazorat qilishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa axborotning yagona markazdan turib boshqarilishini ...
5 iyul 2019
Prezident Mirziyoev 2017 yilning  13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi. Karimov ...
14 sentyabr 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...