Asosiy mavzular
24 dekabr 2019

“Saylov xolis va shaffof o‘tishi mumkin emas edi”

Chunki hali O‘zbekistonda saylovni to‘liq demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish uchun yetarlicha sharoit mavjud emas.

Xuddi shunday fikr bildirgan mustaqil kuzatuvchi Abror Tursunovning “Eltuz” bilan suhbatda ta'kidlashicha, hukumat mamlakatda saylovni imkon qadar xalqaro hamjamiyat ko‘z oldida demokratik tarzda o‘tkazishga harakat qilgani, buning uchun bir muncha imkoniyatlarni yaratib berganining o‘zi ham oldinga tashlangan katta qadamdir. 

“Mana shu harakatlar hozirgi bosqich uchun olqishlanadigan holat aslida. Zero, mamlakat ham, uning xalqi ham saylov to‘liq demokratik tarzda o‘tishiga yetarlicha zaminga ega emas. Karimov davrining saylov o‘tkazish mexanizmlari hali ham ishlab turibdi. 

O‘sha amaldorlarning katta qismi hali ham ot ustida. Aholi zehniyatiga Karimov davri saylovlarining nuqsi urib bo‘lgan. Ularni yo‘qotish uchun hali ko‘p ish qilinishi kerak

Biz hech bo‘lmaganda mustaqillik arafasida va boshlarida erkinlik, oshkoralik, jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklar fonida o‘tgan saylovlarning darajasiga ham yeta olganimiz yo‘q hali”, deydi A.Tursunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni shu sabablar saylovda ma'muriy usullardan foydalanilishiga, mahalliy amaldorlarning saylovga ochiqcha aralashuviga sabab bo‘lgan. Xususan, nomzodlar ro‘yxatlarining hokimliklar tomonidan tasdiqlangani, ular tanlagan odamlarning nomzodlikka qo‘yilgani haqidagi xabarlar bekorga paydo bo‘lmagan. 

Bo‘lib o‘tgan saylovda davomat 67,8 foizni tashkil etdi. Mustaqillik yillari davomida ilk bor shunday past davomat kuzatildi. Shu paytgacha saylovlarda davomat 85 foizdan kam bo‘lmagan.

Bu holatni ijobiy baholagan ijtimoiy tarmoq faollari past davomat “saylovda ko‘zbo‘yamachiliklar, ovozlarni soxtalashtirish hamda qo‘shib yozish kam bo‘lgani alomati» ekanini ta'kidlamoqda. 

“Bu fikrlarga qisman qo‘shilish mumkin. Saylovda ma'muriy usullar qo‘llanilgani, nomzodlarning aksariyati hokimiyat tomonidan saralanganini inkor etib bo‘lmaydi. 

Shuning uchun davomatning pastligini hozirgi “ochiqlik zamoni”ga moslashish talabi bilan izohlasa, to‘g‘riroq bo‘ladi”, deydi mustaqil kuzatuvchi A.Tursunov “Eltuz” bilan suhbatda. 

Uning fikricha, hozir hukumat uchun saylovni xalqaro hamjamiyat nazarida legitimlashtirib olish muhim masaladir. 

Garchi demokratik davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar saylov haqida ko‘pgina salbiy xulosalar aytayotganiga qaramay, ularning to‘liq tarkibda bu muhim jarayonni kuzatishga rozi bo‘lganining o‘ziyoq prezident Shavkat Mirziyoev imijiga ijobiy ta'sir qiladi.

“Chunki Karimov diktaturasidan so‘ng mamlakatning xalqaro hamjamiyatga ochilayotganini ko‘rsatish uchun bu saylovning roli juda katta bo‘ldi. Dunyo O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga ishonch bilan qarashiga kuchli turtki bo‘ldi bu jarayon. Hozircha uning eng muhim jihati ham shudir”, dedi A.Tursunov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2021
Rassom Elsevar
13 noyabr 2018
“Bu yil fermerlarga har yilgidan ko‘ra og‘ir bo‘ldi. Ularga nisbatan zug‘um va zo‘ravonliklar ko‘lami oshsa oshdiki, aslo kamaymadi”. Bu ...
13 sentyabr 2023
Salom qadrli muhlislar, bugun 12 sentyabr Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Buxoro viloyati sobiq hokimining uyushgan jinoiy guruh ...
19 fevral 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...