Asosiy mavzular
28 dekabr 2019

Mirziyoev chetdagi muxolifatni O‘zbekistonga kiritmoqchi emas

«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvda. 

Savol tug‘iladi: «Siz Bosh vazir bo‘lgan paytingizda Xitoy va Rossiyaga o‘zbek gazi sotilib, odamlarning uylariga gaz olib boruvchi quvurlar yillar davomida kesildi. Bundan xalq qanday foyda ko‘rdi? 

Prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova ikki milliard dollarni o‘mardi. 

Lola va Temur Tillaevchi? Bu yebto‘ymas juftlik mamlakatga tovarlar importini yakka o‘zi monopoliya qilib, millionlab dollar soliq va bojxona yig‘imlarini to‘lamadi.

Qamoqda yotgan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov qancha o‘mardi? 

MXX generali Hayot Sharifxo‘jaevchi? Sobiq bosh prokuror va DXX rahbari Otabek Murodov va Ixtiyor Abdullaevlarchi? 

Sudya Nizom Rustamov odamlarni o‘limga hukm qilmaslik uchun 20 ming dollar pora olganida xalqqa manfaat keltirgandimi?  

MXX jallodi Nodir To‘raqulov kichik go‘daklarni o‘ldirganida kimga foyda keltirdi? 

Kuyovingiz Otabek Umarov 100 ming dollarga gladiator Habib Nurmagomedov maykasini sotib olganida xalqqa foyda keltirdimi?

Umuman, sizning atrofingizdagilar qanday foyda olib keldi vatanga, janob prezident?

O‘zbekiston manfaatlari Rossiya foydasi yo‘lida xarj qilinayotgani foydami?

Karimov davrida O‘zbekiston tashqarisiga quvilgan «Birlik» lideri doktor Abdurahim Po‘latov siz jim bo‘lib turgan paytda prokurorlarni «kalamush», jim rozi turgan ommani «qoramol» deb atagan edi. Mana, siz deyarli har kuni shu odamning gapini takrorlayapsiz. 

Muhammad Solih 2005 yilda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi mina maydonlarini tozalash haqida gapirgan paytda siz o‘sha minalarni joylashtirish ishiga bosh vazir sifatida rahnamolik qilmaganmidingiz?

O‘rtoq prezident, siz komsomol o‘tmishingizda muxolifatning keragi yo‘q, degan zararli tushunchani miyangizga singdirgansiz. To‘g‘ri, Shimoliy Koreya va Turkmanistonda muxolifat yo‘q. Eritreyada ham yo‘q. Ammo AQSh, Yevropada, siz maqtab og‘zingizdan bol tomgan Germaniyada muxolifat bor. Muxolifat mamlakat tashqarisida bo‘ladimi yoki ichkarisidami, millat uchun zarur. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2022
Bahor kelsa, o‘rtoqlar, uyg‘onadi o‘tloqlar. Mana o‘lmagan qul bahorga ham yetdik. Og‘zimiz ko‘kka tegadigan bo‘ldi. Ko‘k barak, ko‘k somsa. ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
22 sentyabr 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
13 noyabr 2017
O‘zbekistonlik 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari Sankt-Peterburgda ishlayotgani rasman tan olindi. Demak, RFning O‘zbekistonga masofa jihatdan undan-da yaqinroq poytaxti ...
Bloglar
30 aprel 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
8 aprel 2025
Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi ...
28 mart 2025
O‘zbek blogosferasi haqiqiy jinnixonaga aylandi. Ishsiz, pulsiz qolgan biror bekorchi yoniga o‘ziga o‘xshagan bekorchini olib, ...