Beshariq hokimining zoologiyadan darsi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Hey, otni (jinsiy organi. tahr.)! … Xo‘-v, jalablar! Bugungi kun o‘tdi, kechagi kunam o‘tgan. Yana uchtami-to‘rt kun qolyapti. Keyin havo sovib ketsa, odamlarni qanaqa boshqarasan? … Hey, iflos… Men paxtaga achinayapman!» deydi Jo‘raev, jumladan, o‘z «nutqi»da.
O‘zbekistonda hokimlarning majlislarda o‘z qo‘li ostidagilarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishi odatiy holga aylangan.
Bundan ilgari, «Eltuz» Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniev, Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev, Parkent tumani hokimi Ne'matulla Abdullaevning bolaxonador so‘kishlarga to‘la audiolari chiqqani haqida xabar bergan edi.
2017 yilning sentyabrida esa ijtimoiy tarmoqda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdievning paxtaga odam chiqarmagan maktab direktorlarini haqoratlab, bittalab savalagani aks etgan video ham tarqalgandi.
Eltuz.com