Asosiy mavzular
1 iyun 2018

Mirziyoevga ishonib qaytmoqchi bo‘lgan qochqin vatanga kiritilmadi

Shvetsiyadan yurtiga qaytmoqchi bo‘lgan 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi. Stokgolmga qaytib kelgan Qurbonov voqea tafsilotlari yuzasidan «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

«Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig‘i bo‘ldi. «Qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin», degan gaplari menga turki bo‘ldi», deydi Qurbonov.

Biroq Toshkent aeroportida bor-yo‘g‘i ikki soat bo‘lgan huquq faoli Stokgolmga vatandoshligi yo‘q shaxsga aylanib qaytdi.

«Shamsiddinov degan leytenant bitta pechat bilan meni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qildi», deydi u.

Qurbonovga prezident farmoniga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekistonda bo‘lmaganligi bois vatandoshlikni yo‘qotganligini ma'lum qilishgan.

«O‘sha kelgan samolyotimga o‘tqazib qaytarib Shvetsiyaga jo‘natishdi», deydi huquq faoli.

Qurbonov 2006 yili Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, biroq shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi.

Shu yilning 4 dekabrida Stokgolmda uchrashuv o‘tkazib, o‘zbek qochqinlarini vatanga qaytishga da'vat etgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vatanga qaytishga ahd qiladi.

Biroq Muhiddin Qurbonovning Toshkent aeroportida vatandoshlikdan mahrum qilinib Shvetsiyaga qaytib kelishi O‘zbekistondagi «kirdi-chiqdi» muammosi eskicha qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 aprel 2020
(Savollarga javoblar) «Sof san'at» haqidagi «Fikrlarning shiddatli umri» esse-turkumini yozib bitirganimda, yozganlarimga munosabat bildirilgan bir qancha xat oldim. Javobga ...
26 aprel 2021
Prezident Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilshodbek Kattabekov o‘zining Instagram sahifasida ma'lum qildi. ...
27 yanvar 2020
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliy iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot hajmi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 foizni tashkil etishini bildirdi.      “Aslida ...
26 may 2022
Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat: “Abduvohid, turk-o‘zbekcha ismlar ro‘yxatini tuzish kerak”, deb murojaat qilib qoldi. Men: “Buni ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...