Asosiy mavzular
30 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million to‘lashi kerak

29 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Yusmonovaga qarshi da'vo arizasi yuzasidan sudning yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Bu gal ham sud xonanda ishtirokisiz o‘tdi. Yo‘lchi Ro‘zievning “Xasta bo‘lma” she'ri muallifligi bo‘yicha da'vo arizasida ko‘rsatilgan va'jlar tomonlarning ishonchli vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Sudda da'vo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev foydasiga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdorida mablag‘ undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Sud qaroridan norozi bo‘lgan tomon 10 kun ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.

Yo‘lchi Ro‘ziev va uning advokati Ravshan Mardievning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta davomida javobgar tomonidan o‘zaro kelishib olish uchun shoirga 30 million so‘m miqdorida pul taklif qilingan. Shoir buni rad etgan va hukmni sud ixtiyoriga qoldirgan.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ragandi. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

Yaqinda esa Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali mazkur sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
9 noyabr 2023
Izboskan tumani Andijon viloyati tarkibida ta'sis etilganiga 97 yil bo‘lgan. Ammo, Eltuz suhbatlashgan izboskanliklar, tuman tarixida biron hokim Serobiddin ...
1 sentyabr 2016
O‘zbekistondagi joriy qoidaga ko‘ra, Toshkent hukumati amaldorlari va prezident uchun atalgan bayram bir kun burun nishonlanadi, undan ham ilgari ...
21 mart 2017
Farg‘onadagi o‘rta maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga dars paytida qo‘l ko‘tarib haqoratlagan o‘qituvchi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mart boshida ...
Bloglar
9 may 2025
Xitoy, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus, Mongoliya, O‘zbekiston, Vetnam, Laos, Misr rahbarlari Moskvadagi “G‘ALABAFURUSh” paradida imperiyachi ...
30 aprel 2025
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
8 aprel 2025
Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi ...