Asosiy mavzular
30 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million to‘lashi kerak

29 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Yusmonovaga qarshi da'vo arizasi yuzasidan sudning yakuniy majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Bu gal ham sud xonanda ishtirokisiz o‘tdi. Yo‘lchi Ro‘zievning “Xasta bo‘lma” she'ri muallifligi bo‘yicha da'vo arizasida ko‘rsatilgan va'jlar tomonlarning ishonchli vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Sudda da'vo arizasi qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev foydasiga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdorida mablag‘ undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Sud qaroridan norozi bo‘lgan tomon 10 kun ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.

Yo‘lchi Ro‘ziev va uning advokati Ravshan Mardievning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta davomida javobgar tomonidan o‘zaro kelishib olish uchun shoirga 30 million so‘m miqdorida pul taklif qilingan. Shoir buni rad etgan va hukmni sud ixtiyoriga qoldirgan.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ragandi. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

Yaqinda esa Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali mazkur sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 noyabr 2017
2017 yilda G‘arb davlatlarida o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilgan turkum teraktlar o‘zbeklarning radikallashuvi muammosiga e'tibor qaratdi. «31 oktyabrda Nyu-Yorkda piyodalarni ...
24 yanvar 2017
«Hurriyat» gazetasi (18.01.) yangi prezidentning so‘nggi vaqtlardagi chiqishlaridan ilhomlanib, «Chapani chapdan turganda» (ruknning nomi) nimalarni aytib yuborishi mumkinligini hukumatga ...
19 avgust 2015
Urganch ko‘li fojiasi haqidagi xabarni o‘qib o‘tirib, unga qoldirilgan g‘alati izohni ko‘rib qoldim: “8-oy, 8-kun 8-kanal! 888-satanik raqam”. Boshqa ...
29 may 2017
O‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga qo‘shiq bag‘ishladi. 49 yashar Dilfuza Ismoilova “Gap yo‘q” ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...