ART-DURBIN
10 mart 2023

O‘zbek rassomi diplomatlar bilan uchrashdi

Germaniyadagi YUZUK tashkiloti taniqli o‘zbek rassomi  Vyacheslav Oxunovni nemis jamoatchiligi va Germaniyadagi o‘zbek diplomatlariga taqdim qildi. 

Vyacheslav Oxunov rassom, esseist, shoir, art kurator, bir so‘z bilan aytganda o‘zbek tasviriy san'atining chet el yuksak san'at doiralarida tan olingan arbobi. 

2023 yil boshida rassom Vyacheslav Oxunov (yana bir o‘zbek rassomi Saodat Ismoilova bilan birga) Frantsiyaning Jorj Pompidu (fr. Centre Georges-Pompidou) nomli san'at markazida o‘z ijodini namoyish qildi. 

Oxunov  – jivopis, grafika, kollaj, haykaltaroshlik¸ yangi media, performans¸ instalatsiya kabi uslublar bilan san'atning kontseptual yo‘nalishida o‘zligini namoyon qila olgan. 

Vyacheslav Ohunov yaratgan Cho‘lpon portreti

Rassom hali SSSR mavjud bo‘lgan va Cho‘lpon nomnini tilga olish taxlikali bo‘lgan bir paytda Cho‘lpon potretini yaratgan va bu portret O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasidagi Lenin portreti o‘rniga osilgan edi (Buning alohida hikoyasi bor.)

Jadidlar tarixi va adabiyotni teran bilgan rassom matn va tasvirning ichki hissiy bog‘liqligini o‘z asarlarida namoyish qila oldi. 1970 yilda rassom dunyodagi sots art rassomlaridan avtonom tarzda o‘zining ijtimoiy protestga yo‘g‘rilgan uslubini shakllantirdi. Sovet ikonagrafiyasi xususan Lenin portretlarini buyurtmaga chizish asnosida rassom bu ikonagrafiyani hajv qiluvchi¸ Leninning «avliyo» rolini istexzoli ironiya bilan tasvirlovchi turkum asarlar yaratdi. Bu turkum o‘sha payt munaqqidlari tarafidan «antileniniana» deb nomlandi. Shu bilan birga rassom Oxunov asarlari  ommaviy vasvasa hamda madaniy marginal  paradokslarini ironiya qiladi .  Rassom o‘z asarlarida dunyoviy davlatdagi kollektiv diniy mutaasiblikni qoralash asnosida jadidlar boshlagan ma'rifatchilikni davom qildiradi. 

1948 yili O‘shda tug‘ilgan Vyacheslav Oxunov dastlabki rassomlik saboqlarini otasi taniqli o‘shlik rassom O‘rinboy akadan oldi. Frunze (xozir Bishkek)dagi san'at bilim yurtida rassomlik sirlarini o‘rgandi. Armiyada xizmat qilganidan keyin Moskvadagi oliy  san'at akademiyasi (Moskovskiy gosudarstvennыy akademicheskiy institut imeni V.I. Surikova.)da taxsil oldi. SSSR rassomlar uyushmasiga a'zo bo‘ldi. 1983 yilda o‘zbek davlat rahbari Sharof Rashidov bilan uchrashuv rassom hayotini tubdan o‘zgartirdi. Rashidov timsolida kuchli homiyga ega bo‘lgan rassom Toshkentda erkin ijod qila boshladi. Boshqa rassomlar hayiqqan mavzularga bemalol qo‘l urdi. Oxunovning o‘sha davrdagi ijodi Urganchdagi Zamonaviy san'at muzeyi kollektsiyasida jamlangan. 

Rassom o‘z ijodiy hayoti mobaynida ko‘plab solo ko‘rgazmalar tashkil qildi¸ va taniqli rassomlar bilan birga  ekspozitsiyalarda qatnashdi. Time of the Storytellers (Muzey KIASMA, Xelsinki, 2007), Ostalgia (Nyu-York, 2011), «BALAGAN!!! Sobiq SSSR zamonaviy san'ati va mifologiyasi  (MOMENTUM, Berlin, 2015) Venetsiya biennale (Markaziy Osiyo paviloni , 2005, 2007, 2013), Documenta (Kassel, Germaniya, 2012), Singapur san'at  biennalesi (2006), Monreale Biennalesi  (2007),  Kievs biennalesi (2012), Moskva biennalesi  (2013). (Ro‘yxat juda uzun)

Suratda: Iski rassom Shuhrat Bobojon va Slava Oxunov

2023 yilning 9 fevralida taniqli rassom  Oxunov O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligida qabul qilindi va suhbat asnosida o‘zbek diplomatlari bilan fikr almashdi. 

O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi keyingi paytda  mamlakat imidjini san'at orqali targ‘ib qiladigan tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Bu tadbirlarda Germaniya aholisi O‘zbekistondagi tasviriy va musiqa san'ati yutuqlaridan bahramand bo‘lmoqda. 

9 mart kuni Germaniyadagi YUZUK tashkiloti vakillar ham qatnashgan bu tadbirda rassom Oxunov o‘zining «Cho‘lpon» deb atalgan asarini Buxoroda ochilishi kutilayotgan «Jadidlar muzeyi»ga sovg‘a qilishini ma'lum qildi. Bir muddat oldin yo‘qolgani aytilgan bu asar YUZUK tashkiloti tarafidan topilib ta'mirlashga berildi. O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi nemis rassomlari asarlarini O‘zbekistonda va o‘zbek rassomlari asarlarini Germaniyada namoyish qilishni rejalagan.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
27 aprel 2023
O‘lmasni xudoy, sinmasni kulol yaratmas. Odam ham qariydi. Shu bois pensiya yoshi belgilangan. Ëshi bir joyga borgan odam davlatni ...
13 oktyabr 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham yomon ...
19 aprel 2023
Rassom Tuz
3 oktyabr 2018
Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga 2 oktyabrda kelib joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa odam bo‘lib chiqdi. «Eltuz» manbasining xabar berishicha, Dubayga ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...