Terrorchi guruhlarni moliyalashtirgan Dilshod qidiruvga berildi
Diniy ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib, ularni moliyalashtirgani aniqlangan Dilshod Qodirov qidiruvga berildi. 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Dilshod Hojimurodovich Qodirov 2006 yilda diniy ekstremistik oqimlar ta'sirida Birlashgan Arab Amirliklari orqali Suriyaga o‘tib, terrorchi guruhlar safiga qo‘shilgan.
Qodirov terrorchilik faoliyatini xorijdagi diniy ekstremistik guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan boshlagan. U topgan daromadini chetdagi sheriklariga jo‘natib turgan. Hozirgi kunda uning aynan qaerda ekani ma'lum emas.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Dilshod Hojimurodovich Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e'lon qilingan.