Asosiy mavzular
17 sentyabr 2024

Ishdan haydalgani ortidan alamzada direktor qamatgan faol qamoqda tug‘di

Qashqadaryodagi maktab direktorining qonunga zid qilmishlari va chek-chegarasi yo‘q o‘zboshimchaligi haqida matbuotga xabar yetkazgani ortidan ayni direktor arizasiga asosan ish qo‘zg‘atilib, qamoq jazosiga hukm qilingan 40 yashar faol Dildora Hakimovaning 9 sentyabr kuni jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirilgani haqidagi xabarni tergov hibsxonasi boshlig‘i Hamraev 14 sentyabr kuni 4048 raqamli xat orqali mahkumning advokatiga bildirdi.

Qamoqxona boshlig‘i yo‘llagan mazkur rasmiy maktubda mahkuma Dildora Hakimovaning «surunkali kamqonlik va ko‘krak saratoniga chalingani»ma'lum qilinadi.

Maktubda mahkumning tergov izolyatorida «davo muolaja (olishiga) imkoniyati yo‘qligi» bois «rejali uzoq muddatli davolanishga muhtojligi» hamda qamoqda ona va bolani saqlash sharoiti yetishmasligi sababli qamoqqa qaytarilishi maqsadga muvofiq emasligi qayd etilgan.

Bir muddat tug‘rukxona palatasida «kesar kesish» amaliyoti o‘tgani ortidan 13 sentyabr kuni tergov hibsxonasiga qaytarilgan Dildora Hakimova¸ huquq himoyachilari va advokati nazarida «faolligi uchun ta'qib qilingan tutqun» o‘laroq ko‘rinmoqda.



Dildora Hakimova qamoqdan Eltuzga yozgan maktubida ham o‘zining tuxmat va shantaj qurboni bo‘lgani¸ aybsiz ekanligini urg‘uladi.

Bu qo‘lyozma maktubda Qashqadaryoda so‘z erkinligini bo‘g‘ish uchun adolatsiz sud tizimi ishlatilayotganidan shikoyat qilinadi.

Qamoqda bola ko‘rgan Hakimova «maktab direktorining qilmishlarini fosh qilgani» ortidan jinoiy javobgarlikka tortilgan qarshilik ikki blogerning biri.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi sudining joriy yil 18 iyuldagi hukmiga ko‘ra, yetti nafar gumonlanuvchilarning ishi ko‘rib chiqilib, ularning  ichida to‘rtta shikoyat yozgan o‘kituvchini aybdor deb topildi.

Keldiyorova Nargiza¸ Hakimova Dildora¸ Parpiev Shukrullo¸ Safarova Shaxnoza¸ Mamatova Farog‘at¸ Umirova Musallam¸ Rustamovala Oydinlarga nisbatan sud mahkamasida saslantirilgan ayblardan biri sifatida «muammolar haqida Eltuz va Ozodlikka xabar yetkazish» deb topildi.

Sudda asosiy jabrlanuvchi rolini o‘ynagan maktab direktori Haqberdieva shikoyati ham Eltuz ko‘rgan sud hukmidan o‘rin olgan.

Jabrlanuvchi Sayyora Haqberdieva 2015 yil oktyabr oyida Qarshi tumanidagi 12 makatabga direktor qilib tayinlangani va 2023 yil oktyabrida ishdan bo‘shatilgani haqida sudda ko‘rsatma bergan.

Haqberdieva ishdan bo‘shatilganiga Dildora Hakimova va Nargiza Keldiyorova boshliq bir gurux o‘qituvchilar tomonidan uning ustidan Eltuz va Ozodlikka arz qilganini sabab deb sudda ko‘rsatma bergan.

Sud rasman bu yetti nafar faolni uyushgan jinoyatchi sifatida topmagan bo‘lsada, fe'lan ularni kollektiv jazolash orqali «buyurtma»ni bajargan ko‘rinadi.

Eltuz tasarrufida mavjud to‘rtta audio yozuvda bu iddaoning teskarisini ko‘ramiz. Haqberdieva Dildoraga telefon qilib «bu maqolalarni to‘xtatish uchun nima qilay» degan. Dildora bo‘lsa «qing‘ir ishlarni to‘xtatsangiz odamlar ham shikoyat qilmaydi» degan.

Qilmishlari uchun ishdan haydalgan Sayyora Haqberdieva faollar qamalishida «kalit figura» o‘laroq ko‘rinadi.

Haqberdievaning qilmish-qidirmishlari haqida Eltuz va Ozodlikda o‘nlab maqolalar nashr qilingan.

Haqberdieva faol blogerlarni «tuzoqqa tushirish uchun» ular ochgan MChJ hisobiga pul yuborgan va IIBga shikoyat yozgan.

Bu esa Qarshi tumanidagi kamchiliklarni xalqaro matbuotga olib chiqayotgan ikki faol Dildora Xakimova va Nargiza Keldiyorovani qamab jinoyat ishi ochish uchun asos bo‘ldi.

Shu o‘rinda Eltuz telegram kanalida oyligini ololmagan maktab qorovulining adolatsizlik haqida adressiz abstrakt she'r yozgani uchun ham «meni aytyapti» deya Haqberdieva qorovul ustidan sudga ariza kiritgan edi.

Ya'ni Haqberdieva so‘z erkinligining har qanday ko‘rinishini qatlga eltuvchi «qo‘ng‘iroqli echki» vazifasini bajardimi?

Savollar bisyor.

Faollar shikoyati ortidan ishdan bo‘shatilgan direktor shu yo‘sinda qasos oldimi?

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 12 maktabning (sobiq) direktori Sayyora Haqberdievaning astronomik ko‘lamdagi qilmishlarini fosh qilgan faol va o‘qituvchilar nega kollektiv jazolandi?

Qashqadaryoda yuz berayotgan jinoyatlar va huquqiy nigilizm yaratgan negativ fazo belgilarini xalqaro matbuotga yetib bormasligini istagan mahalliy mulozimlar alamzada direktordan faollarni qamash uchun instrument sifatida foydalandimi?

Bu savollarga birin-ketin to‘xtalamiz.

Sud o‘z xulosasida bu yetti faolning yagona jinoyat to‘dasi emasligini ta'kidlagan bo‘lsa ham Dildora Hakimova va Nargiza Keldiyorovaga uzoq muddatli qamoq jazosi tayinladi.


Boshqa o‘qituvchilarga shartli va kam muddatli jazo berilgani «qasos oluvchining nishoni Dildora Xakimova va Nargiza Keldiyorova bo‘lgan» degan iddaoga isbotday ko‘rinadi. Fe'lan sud maktab direktori qilmishlarini matbuotga olib chiqib fosh qilgan va haqli ravishda ishdan bo‘shattirgan ikki faolni jazoladi. Shu o‘rinda «qasos oldi» degan jumlani ham qo‘llasa bo‘ladi.

Sud jarayonlarida go‘yoki follar maktab direktoridan pul olgani haqidagi iddao o‘zining kuchli isbotini topmadi. Sudlanuvchilar advokati mahkamaga taqdim qilgan audio yozuvlarda «jabrlanuvchi»ning «pulni bosim ostida yuborgani» iddaosi yo‘qqa chiqadi. Hatto so‘ramasdan¸ kelishmasdan atay pul tiqilgani haqida Dildora Hakimova 102 ga telefon qilgani yozilgan audio disk ham sudga taqdim qilingan. Ammo sud bu muhim dalilni inobatga olmadi.

Asnoda jabrlanuvchi rahbar bo‘lib ishlagan maktabdagi kriminal fazo¸ qonunsizlik ko‘lami va korruptsiya manzarasi oshkor bo‘ldi. Bu manzaraga fonarik tutib yoritgan va maktabni korruptsioner mulozimdan qutqargan blogerlar jazolandi.

So‘z erkinligi bo‘yicha holatni Karimov davriga qaytarishni istagan qashqadaryolik «organ xodimlari» vaziyatning Karshi tuman 12 maktab doirasidan kengroq ekanligini yaxshi bilishgan. Nargiza Keldiyorova va Dildora Hakimova Qashqadaryodagi kamchiliklar¸ muammolar borasida faktlar bilan Eltuz va Ozodlikka muntazam habar berib turgan. «Organ» bu ikki “kanal”ni maktab direktor yordamida yopib, baxtli bo‘lishni orzu qilgan va «mustaqil sud» ularni bu orzusini ijobatini ta'minladi.

Sudlanuvchilarning yaqinlariga ko‘ra, 18 sentyabr kuni Dildora Hakimova va yana besh nafar mahkumning appelyatsiya sudi davom etadi.

Qashqadaryoda so‘z va ifoda erkinligi bo‘g‘ilishining yaqqol namunasi bo‘lgan bu «kollektiv jazolash» tizimi haqidagi surishtiruv Eltuzda davomiy yoritib boriladi.

Tag‘in o‘qing
24 sentyabr 2018
Sovet davrida bolalarni maktab partasidan paxta dalasiga quvish odatiy hol sanalardi. Qayta qurish yillarida sal susaygan bu an'ana O‘zbekiston ...
27 noyabr 2017
Bosh prokuratura huzuridagi departament «Sharshara» savdo belgisi ostidagi kolbasalar eshak go‘shti qo‘shilgan holda savdoga chiqarilishining oldini olganini ma'lum qildi. ...
1 fevral 2017
O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi. Afsuski, ...
21 dekabr 2022
Yuqoridagi Sardordan, albattaki, O‘zbekistondagi boshqaruvni qasd etdik. O‘zbek ham, turkman ham – asli avtoritar davlatlar.Masalan, amerikaliklar uchun hamma “-iston” ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...