Asosiy mavzular
7 oktyabr 2024

Insoniy tuyg‘ularni cheklab isyonsiz jamiyat qurish

Insonning tug‘ma biologik qobiliyatlarini cheklash, uning ongini primitiv tuyg‘ular bilan to‘ldirish orqali  uning is yon qilish, norozilik bildirishga bo‘lgan istaklarini yo‘q qilish mumkin. 

1956-yilda faylasuf Gyunter Anders quyidagi fikrni yozgan:

«Har qanday qo‘zg‘olonni bostirish uchun zo‘ravonlik ishlatishga hojat yo‘q. Gitlernikiga o‘xshash usullar endi eskirgan. Shunchaki, shunday kuchli jamoaviy shartlanish yaratish kifoya qiladiki, qo‘zg‘olon g‘oyasi insonlarning ongiga kelmasin, bo‘ldi. Ideal yo‘l – insonlarni tug‘ilganidan boshlab shakllantirib, ularning tug‘ma biologik qobiliyatlarini cheklashdir.

Shundan so‘ng, biz shartlanishni davom ettiramiz va ta'limni keskin qisqartiramiz, uni faqat kasbiy ko‘nikmalarni egallash zarurati bilan cheklaymiz. Bilimsiz odamning dunyoqarashi cheklangan bo‘ladi va fikri qancha yuzaki ishlarga band bo‘lsa, isyon qilish qobiliyati shuncha kamayadi.

Biz ilm-fanga kirishni tobora qiyin va elitar qilishimiz kerak, odamlar va ilm o‘rtasida jarlik yaratishimiz va ommaga taqdim etilgan ma'lumotlar isyonkorlik mazmuniga ega bo‘lmasligini ta'minlashimiz kerak.

Asosiysi, g‘oyasiz bo‘lishdir. Bu yerda ham bevosita zo‘ravonlikdan ko‘ra ishontirish kuchidan foydalanish kerak: biz televidenie orqali ommaviy tarzda faqat his-tuyg‘ular va instinktlarni qamrab oluvchi ko‘ngilochar dasturlarni uzatamiz.

Onglar foydasiz va beparvo narsalar bilan band bo‘ladi. Doimiy suhbatlar va musiqa orqali odamlarni fikrlashdan chalg‘itish mumkin. Biz shahvoniylikni inson qiziqishlarining eng yuqori pog‘onasiga qo‘yamiz. Ijtimoiy tinchlantiruvchi vositaning bundan yaxshisi yo‘q. Umuman olganda, biz jiddiy hayot qismini yo‘q qilish, qimmatli narsalarni masxara qilish va yuzakilikni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash orqali ommaviy eyforiyani inson baxtining mezoniga aylantiramiz va erkinlik namunasi sifatida qabul qilinishini ta'minlaymiz.

Shu tarzda shakllangan inson bilan u qanday bo‘lsa shunday munosabatda bo‘lish kerak: uni qo‘ydek ko‘rish va molday nazorat qilish kerak. 

Uning aniq fikrlashga bo‘lgan loqaydligini oshiradigan har qanday narsa ijtimoiy foyda hisoblanadi va uni uyg‘otishi mumkin bo‘lgan narsalarni masxara qilish, bostirish va unga qarshi kurashish kerak. 

Tizimni shubha ostiga oladigan har qanday ta'limot buzuvchi va terroristik deb belgilanishi kerak va uni qo‘llab-quvvatlaganlar terrorchi sifatida qabul qilinishi zarur.»

Iqtibos Gyunter Anders tomonidan 1956 yil yozilgan «Insonning Eskirishi,» asaridan olindi. Eltuz ayni fikr yuzasidan izohlar kutadi. Kanalimizga obuna bo‘ling videolarimizga layk va komentlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
15 noyabr 2018
O‘zbekistonda ba'zan «yutub», ba'zan «feysbuk» kanallari uzilishidan shikoyatlar ortmoqda. 15 noyabr kuni «Eltuz» nashri Downdetector sayti orqali «yutub» kanalidagi ...
1 noyabr 2024
Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. Bir xafta ichida nimalar bo‘lmadi o‘zbekistonda. Keldi xush  gulgun zamon ...
3 oktyabr 2022
2022 yil 28 sentyabr kuni Payariq tumani “Yakkasaroy” MMTP hududidagi “Oqqush zamin dalasi” fermer xo‘jaligiga tegishli paxta egasining roziligisiz ...
22 dekabr 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas. Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...