Asosiy mavzular
21 noyabr 2024

Telegramdagi radikal kanallar kuzatuvdami?

Jizzaxlik fuqaro telegramda azjon*** nomli kanal ochib radikal diniy da'vat mazmunidagi 380 ta audio, turli foto va videolarni muntazam ravishda joylab kelgan.

2024 i‌il 8 yanvar kuni Jizzax viloyati IIB va DXX Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda kanal egasi qo‘lga olindi. Tergov jarayonida ham, sud majlisida ham targ‘ibotchi arab tilini bilmasligi, nashidlar mazmunini tushunmasligini ta'kidlagan. Odam o‘zi tushunmagan narsaga fanat bo‘lib tarqatishi uchun IQ qay darajada bo‘lishi kerak?

Jizzax viloyati sudi radikal “diniy” targ‘ibotchining bir bolasi borligi va “chin dildan pushaymonligi”ni inobatga olib 2 yil 3 oy 27 kunga ozodlikdan mahrum qildi.

Tag‘in o‘qing
28 yanvar 2019
26 yanvar kuni Yangiobod turbazasi rahbari Ali To‘xtaevga Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 23 yanvarda chiqargan 42-qaror asosida Toshkent viloyati ...
16 oktyabr 2017
Har dam olish kunlari Toshkentdagi turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, son-sanoqsiz byudjet tashkilotlar oldi erta tongdan gavjum bo‘ladi. Go‘yoki hukumat ...
2 noyabr 2017
31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda pikapdagi erkak velosiped yo‘lakchasida sakkiz nafar odamni bosib o‘ldirdi. 12 odam jarohatlandi. Jinoyat terakt deya ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...