Document UZ
31 yanvar 2018

MXX raisi Rustam Inoyatov ishdan ketdi

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi. Bosh prokuror lavozimini esa prezidentning davlat maslahatchisi sifatida ishlab kelgan Otabek Murodov egalladi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

1995 yilning 26 iyunidan beri MXX raisi lavozimini egallab kelayotgan 74 yoshli Rustam Inoyatovning mavqei Karimov o‘rtadan ketishi bilan zaiflashgani haqida «Eltuz» 2016 yilda yozgan edi.

2016 yil 27 avgustigacha, ya'ni Karimovning miyasiga qon quyulguniga qadar O‘zbekistonning so‘nggi 25 yili davomidagi mutlaq rahbari Islom Karimovgagina bo‘ysunib kelgan MXX idorasi va uning raisi qo‘lida asosiy boshqaruv richagi qolgani, «Eltuz» suhbatlashgan mulozimlarga ko‘ra, Mirziyoev havotiriga sabab bo‘lgan.

Hozirda ishdan olingan Rustam Inoyatov nafaqat KGB/MXX, balki mustaqil O‘zbekiston hokimiyat tizimlari tarixida o‘z kursisida eng uzoq o‘tirgan amaldor sifatida tarixda qoldi.

«Eltuz» Rustam Inoyatovning korruptsiya yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mol-mulklari haqida qator maqolalar e'lon qilgan edi.

<iframe width=»560″ height=»315″ src=»https://www.youtube.com/embed/2wlrRXDWgSw» frameborder=»0″ allow=»autoplay; encrypted-media» allowfullscreen></iframe>

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2020
Anvar Obidjonning 1983 yil yozilgan «Ey, yorug‘ dunyo!» kitobi mazmuni ba'zi jihatlari bilan shu bugungi O‘zbekistonda yuz bergan voqealarga ...
24 noyabr 2016
72 yoshli siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonovning yaqinlaridan bugun Eltuz.comga yetib kelgan xabarga ko‘ra oxirgi sud ajrimi bekor qilingan, uning ...
23 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) O‘zbek yozuvchisi Nurali Qobul bilan ham Moskvada (yaqinroq) tanishdik. Juda tabassumchan yigit edi. Insonlar bilan ...
7 aprel 2015
Qudrat Bobojon Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida.  Ehtimol, oddiy avom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...