Document UZ
24 oktyabr 2019

Majburiy mehnatga qarshi navbatdagi kampaniya

Buyuk Britaniyada huquq himoyachilari-huquqshunoslar jamoasi o‘zbek paxtasiga imtiyozli tariflar qo‘llanishini qayta ko‘rib chiqish talabi bilan sudga murojaat etdi. 

Ularning ta'kidlashicha, bu imtiyozlar majburiy mehnatdan foydalanilgan holda yetishtiriladigan mazkur mahsulot importiga ko‘mak bermoqda.

The Guardianning yozishicha, o‘zbek paxtasi yuz minglab insonlarning g‘o‘za ekish va hosilini yig‘ib olish davrida qullarcha ishlatilishining mahsulidir.

UGF rahbari Umida Niyozova

O‘zbek paxtasiga qarshi kampaniyani O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) va Yuridik harakatlar global tarmog‘i (GLAN) boshlab berdi. Ular sud xarajatlarini qoplash uchun kraudfanding yo‘li bilan mablag‘ yig‘ishga kirishdi. 

“Reyters” sudga qilingan bu murojaatga “O‘zbekistondan paxta importiga oid tarixiy da'vo”, deya baho berdi va yuristlar fikriga tayanib, mazkur murojaat majburiy mehnat evaziga yetishtirilgan tovarlarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishga chek qo‘yishga yo‘l ochishini ma'lum qildi. 

O‘zbek paxtasining YeIga imtiyozli ravishda olib kirilishi mazkur tuzilma qoidalariga ziddir va uning 28 a'zosi majburiy mehnatga asoslangan davlat tizimiga ko‘mak berayotganini anglatadi, deb hisoblaydi UGF va uning hamkorlari. 

UGF rahbari Umida Niyozovaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi 2018 yilda yilda qariyb 400 ming kishi paxta qulligiga duchor etilganini aniqlagan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning ishontirishiga qaramay, 2019 yilda ham o‘qituvchilar, harbiylar, davlat xizmatchilari, pensionerlar va talabalarning majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqidagi xabarlar kelib turibdi. 

Buyuk Britaniya O‘zbekistondan ko‘p paxta import qilmaydi. Ammo UGF va hamkorlarining ishonishicha, sud qarori Buyuk Britaniyaga bolalar mehnati yoki majburiy mehnat evaziga ishlab chiqarilgan har qanday tovarni olib kirishni cheklovchi yangi qonunchilikka asos yaratib beradi. 

“YeI nafaqat o‘zbek paxtasi, ehtimolki, majburiy mehnat evaziga ishlab chiqarilgan boshqa turli tovarlarni import qilishga ruxsat beryapti, balki ularni imiyozli tariflar orqali qo‘llab-quvvatlayapti ham”, deyiladi GLAN saytida e'lon qilingan bayonotda. 

Rivojlanayotgan davlatlar uchun bunday tariflar majburiy mehnat bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irroq bo‘lgan 1992 yildan buyon qo‘llanib kelinadi. 

Sudga kiritilgan da'voda o‘zbek paxtasini YeI mamlakatlariga import qilish noqonuniy hisoblanishi, chunki tuzilma O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatini o‘rganmasdan va xalqaro huquq me'rlariga rioya etmasdan bunday imtiyozli tariflarni qo‘llayotgani ta'kidlanadi. 

Advokatlar London ma'muriy sudiga kiritilgan da'vo bo‘yicha g‘alabaga erishishga va bu ish qarori YeIning barcha mamlakatlari uchun majburiy tusiga ega bo‘lgan Lyuksemburgdagi Yevropa sudiga o‘tkazilishiga umid qilmoqda. 

“Da'vo qanoatlantirilsa, bu majburiy mehnat bilan “bulg‘angan” barcha turdagi tovarlar uchun tegishli oqibatlarni keltirib chiqaradi”, deb hisoblaydi GLAN yuristi Jerri Liston.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 fevral 2019
«O‘zbekkontsert» «Bravo» va Halimaning litsenziyalarini bekor qilibdi. Hechqisi yo‘q, «O‘zbekkontsert»ning 3-4 ta tadbirida bepul qatnashib berishsa, sekingina hech kimga ...
7 fevral 2020
Mana, yana hafta aylanib, siz bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganimdan mamnunman. Jadvalga rioya qilish va intizom yaxshi narsa.  Bir katta ...
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
23 yanvar 2017
«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...