Document UZ
5 yanvar 2023

Sobiq Bosh prokuror 10 yillik qamoqdan 3 yilda chiqdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov Zangiota qamoqxonasidan ozodlikka chiqqani haqida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar habar berdi. 2018 yil, 22 fevralda hibsga olinib, 2019 yil, 26 iyunda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Rashidjon Qodirov 3 yil qamoq qoidalarini buzmagagani, yaxshi xulqi va chevarligi hisobga olinib, manzil koloniyaga chiqarilgani aytildi. Manbaga ko‘ra, bu qaror Zangiota sudi tarafidan qabul qilingan. Aslida o‘ta og‘ir jinoyatlar silisilasini amalga oshirgan sobiq prokuror 2028 yilda ozodlikka chiqishi kerak edi.

2018 yilning 17 mart kuni Samarqandda qilgan ma'ruzasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov o‘z qo‘l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olib kelgani uchun qamalganini ta'kidlagan edi:
“Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada. Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz”, Mirziyoev o‘z so‘zida davom etar ekan: “Qo‘limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G‘o‘ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O‘zlari eng katta o‘g‘ri edi. Bu ham haqiqat”, deb aytdi.


2018 yili Andijon viloyatiga safar qilgan chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoev Ulug‘nor tumanida viloyat rahbarlari va faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda sobiq bosh prokuror Rashidjon Qoidrovni tilga olib 2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror televideniega olib chiqib sharmanda qilish va'dasini bergan edi:

«Mana, Bosh prokuror Rashid Qodirov butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televidenie orqali o‘zini gapirtiraman. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder!» O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2018 yil, 22 fevralda hibsga olinib¸ 2019 yil, 26 iyunda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qodirov¸ pora olish, pora berishga vositachilik qilish, firibgarlik¸ soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash¸ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan edi.
Qodirov bilan ayni mahkamada prokuratura va MXXning jami 12 sobiq yuqori lavozimli amaldori ustidan hukm o‘qilgan edi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
18 mart 2023
Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. ...
15 yanvar 2018
14 yanvar kuni O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni shu paytgacha misli ko‘rilmagan darajada keng nishonlandi. Prezidentning shu munosabat bilan tabrigi ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
17 dekabr 2019
So‘kong‘ichligi bilan nom chiqargan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan navbatdagi audioyozuvida gaz yo‘qligi ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...