Document UZ
10 aprel 2024

Diniy ekstremistlarga qarshi reydlar o‘tkazildi

Toshkentni rak o‘smasi kabi qoplagan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi reydlar o‘tkazildi.

So‘nggi 3 oy davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrini chulg‘agan diniy ekstremizm va terrorizmni tagidan yo‘q qilish qator tezkor tadbirlar olib borilayotgani haqida Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati bildirdi.

Umrida ko‘rmagan yahudiylarni o‘ldirish¸ ular nazarida ochiq kiyingan xotin-qizlarni toshbo‘ron qilish¸ Suriyaga borib kalla olish va boshqa ko‘knorixayollarga mahalliy imomlar propagandasi orqali berilib zombiga aylangan rijol ovi o‘z samarasini bermoqda.

O‘tkan xafta Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi. Gumondor shaxslar qo‘lga olindi.

Joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

O‘zbekiston har kuni odamlar o‘zini po‘rtillatidagian Yaqin Sharq formatidagi dindor rijollar sxo‘dkasiga aylanmasligi uchun davlat barcha richaglarini sarf qilishi kerak.

Telegramm¸ insta va tik tokda aljirayotgan qora qop kiygan shaxidka qoriyalaru to‘rva soqol qo‘yib takfirchilik qilayotgan sholg‘omkallalar nazoratga olinishi kerak.

O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Bu davlatda shariat emas, konstitutsiya amal qiladi.

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2017
«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov. ...
17 aprel 2017
So‘nggi vaqtlarda bozorlarda kartoshkaning narxi osmonga chiqib ketgani haqida yozish mahalliy matbuot uchun urfga kirdi. Biri qo‘yib biri yozdi ...
7 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maska taqish zarurligi haqida ...
14 dekabr 2015
Shu kunlarda, Ozodlik radiosi va boshqa bir qator saytlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab MXX, militsiya va mahalla faollari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...