Asosiy mavzular
18 sentyabr 2017

Nega bizda bola ko‘rishni rejalash degan narsa yo‘q?

Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan.

Mana dopustim, tasavvur qiling singlim, siz talabasiz, erga bervorishdi sizni. Bir yildan keyin esa farzandli bo‘ldingiz. Oldinda eng otvetstvennыy 4 kurs. Chaqalog‘i bor yoki xomilador talabaning bilimni to‘liq olish darajasiga ishonasizmi? Net kaneshna!

U bechora farzandiga to‘liq mehr berib qarasinmi yoki to‘liq bilim olsinmi? Nu da, ponimayu, O‘ZBYeK AYoLI HAMMA NARSAGA ChIDAYDI! deyishingiz mumkin.
Nima majburmi chidashga? Shu ishlarni planlashtirib aql bilan qilsa bo‘lmaydimi?

Bugun bir tanishim ishga ketishimdan oldin qarz so‘rab kelibdi uyga, o‘zi magistraturada o‘qiydi. Uchta farzandi bor, postoyanno yetishmovchilik uyida, xa janavar, o‘zing bir student bo‘lsang, nima qilasan xozirdan uchta farzand ko‘rib olib?

Meni noto‘g‘ri tushunadiganlar ham bor albatta, ya ponimayu, tam Alloh hamma bolaning rizqini beradi va hk… Lekin, zavtrakda non-choy ichib ketishmi rizq?
Katta o‘g‘ilning kichkina bo‘lib qolgan kiyimlarini kiydirishmi kichkina o‘g‘ilga?

4 ta bolani xor-zor qilib hech biriga yetkaza olmasdan, hammasini hayot va taqdir oqimiga tashlab yuborgandan ko‘ra bir yoki ikkita farzandni yaxshi o‘qitib hamma sharoitlarini qilib berib tarbiyalagan yaxshi emasmi?

Qiyinchilik ko‘rib, katta bo‘lganlarning hammasi ham uspeshnыy odam bo‘lavermaydi, hayot bu kino emas.

Boshqa tengdoshlarida yaxshiroq kiyimlar, yaxshi ovqatlarni ko‘rgan bola alamzada bo‘lib o‘sishi ham mumkin.

Otasining ro‘zg‘orga yetarli pul topmayotgani, onasining esa bozor va dalaga chiqib pul topib hamma narsani «zapravlyat» qilayotganini ko‘rgan bola ham ertaga xotinga boqimanda bo‘lish norma deb o‘ylamasligiga xechkim kafolat bermaydi.

O‘ziga to‘q sharoitdagi odam qanchaga qurbi yetsa qilaveradi. Ammo ba'zida juda nochor oilalarning 5-6 tadan bolasi borligini ko‘rib siqilib ketaman. O‘z farzandlarini boqa olmayddi ota. Bu haqda Alloh Taolo shunday deydi: “…Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif bo‘lmaydi. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin.” (Baqara, 233).

Farzandlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy bilan ta'min etish otaning muqaddas burchidir. Yana bir holat, 19 yoshli yigit va 18 yoshli qiz turmush qurishdi. Bir yildan keyin ikkita «bola»ning qo‘lida bola. Farzandni asrashni bilishmaydi, kasal qilaverib azoblashadi.

Bolnitsaga puli yo‘q, qo‘y yog‘i surtadi… Zachem tak delat, yopta? O‘qi, bir kasbni egalla, biznes qil, 3-4 so‘m pul orttir, xech bo‘lmasa bolangni kashasi va pampers uchun birovdan qarz olmaslik (Ota onangdan ham so‘ramaslik) xolatiga kel. Keyin ko‘rmaysanmi farzandni?

Lekin ba'zida g‘irt lapashang, lattalar farzand ko‘rganidan keyin boshida lampochka yonib, ko‘chadagi gulyanka davri tugab, seryoznыylashadi, ketini ko‘tarib xarakat qilishni boshlaydi, shu qiyinchiliklar unga stimul beradi, bunday insonlarni ham ko‘rdim.

Ammo hamma ham shunday emas. Men ilgari surayotgan temani albatta jamiyatimiz qabul qilmaydi. O‘rtoqlarning «Ha, bu yangilik bormi?» «U bu narsa ekdingmi tomorqaga?» degan tupoy savollari tinchlik bermaydi.

Mahalla ko‘y va ODAMLAR gapiradi)) «Kasal-pasalmikina» deb miyig‘ida kulib qaraydi senga, to‘rtta bolasini juldur kiyimlarda yetalab ketayotgan mahalladagi Mahpirat opa…

Ularning har biriga, «Yo‘q, bizda hammasi normal. Faqat keliningiz o‘qishni bitirib olsin, men bolamni bekamu ko‘st ta'minlaydigan xolatga kelib olay», deb tushintira olmaysan… fikrlar… fikrlar…

Nurbek Alimov
(Judayam yomon yigit)
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2022
Qozog‘iston muxolifati lideri Muxtor Ablyazov Feysbuk sahifasida 7 mart kuni Rossiya kommunistlari lideri Zyuganovning navbatdagi shovinistik chiqishi ortidan quyidagi ...
30 dekabr 2016
Ayni kunlarda «mustaqil gazeta» degan balandparvoz maqom bilan chop etiladigan «Hurriyat» nashrining ilk soni chiqqaniga 20 yil to‘layotir. Shu ...
18 dekabr 2015
New York Times gazetasi O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Tillaeva Karimova Los Anjelosda to‘rtta qasr sotib olganligini yozdi. Eltuz.com
23 sentyabr 2023
«Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Verbovo mudofaa liniyasini yorib o‘tdi va oldinda yanada kattaroq zafarlar kutilmoqda», dedi «Tavriya» qo‘shinlarining tezkor-strategik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...