Asosiy mavzular
11 iyun 2018

Gulnoraning pullari Toshkentga qaytish arafasida

O‘zbekistonning marhum prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, Shveytsariya banklarida muzlatilgan 800 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ning bir qismini rasmiy Toshkentga qaytarish masalasi deyarli ijobiy bo‘lgan.

Shveytsariya amaldorlaridan birining EADaily nashriga bildirishicha, bu mablag‘ga O‘zbekiston va AQSh hukumatlari, shuningdek, Zeromax kompaniyasi kreditorlari da'vogarlik qilib kelgan.

Zeromax kreditorlari bu kompaniyaning G.Karimovaga tegishliligini isbotlay olishmagan. AQSh esa bu pullar AQSh dollarida va AQSh bank tizimidan foydalanilgan holda o‘zlashtirilgani bahonasida ularning bir qismi o‘ziga tegishi kerakligini da'vo qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Shveytsariya hukumati muzlatilgan pullarning asl egasi O‘zbekiston hukumati, degan qarorga kelgan va O‘zbekiston hukumati siyosatidagi o‘zgarishlar unga pullarni qaytarish uchun ham qonuniy, ham ma'naviy huquq paydo bo‘ldi, deb hisoblamoqda.

Bunday avvalroq xorijdan boshpana topgan bir guruh o‘zbek faollari, jumladan, O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan korruptsion pullarni rasmiy Toshkentga qaytarib bermaslik talabi bilan Shveytsariya hukumatiga murojaat yo‘llagandi.

Ularning fikricha, O‘zbekiston hukumati hali korruptsiyaga qarshi yetarlicha kurash olib borayotgani va bu amalda o‘z isbotini to‘liq topayotgani yo‘q. Shuning uchun mazkur mablag‘ning O‘zbekiston hukumatiga topshirilishi uchun hali tegishli sharoit mavjud emas.

Ammo so‘nggi ma'lumotlardan ko‘rinadi, Shveytsariya hukumati o‘zbek faollarining chaqirig‘iga quloq tutishni o‘ziga ep ko‘rmagan.

Xalqaro kuzatuvchilar esa O‘zbekistonda kutilganidek keskin ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmayotganini aytishda davom etmoqda.

Jumladan, o‘zbekistonlik mustaqil tadqiqotchi, hozir Londonda yashayotgan Alisher Ilhomov AQSh va O‘zbekiston munosabatlaridagi yangi bosqich xalqaro hamjamiyat uchun yangi muammolar tug‘dirayotganini ta'kidladi.

“Mening mamlakatim arosatda. Agar u o‘z hukumati siyosatida korruptsiyaga qarshi yanada samaraliroq kurash olib borish maqsadida islohotlar o‘tkazmasa, korruptsiyalashgan kapitalizm botqog‘iga botadi”, deb yozdi A.Ilhomov.

Uning fikricha, O‘zbekistondagi o‘zgarishlarning aksariyati yuzaki, shuning uchun AQSh bu yerda tuzilmaviy islohotlar faolroq va tezroq o‘tkazilishini talab qilishi lozim.

“Prezident Mirziyoev mamlakatning korruptsiyaga qarshi kurash masalasidagi obro‘sini ko‘tarishga tayyorligini namoyon etyapti. Biroq u hali ham poraxo‘rlikning oldini olish va jazolash mexanizmlarini yaratmagan”, deydi A.Ilhomov.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
1 yanvar 2017
Rassom Adolat Eltuzga jo‘natgan navbatdagi karikaturasini Yangi yil mavzuiga bag‘ishlaydi. Uning bu safargi qahramoni, qahraton qishda Qorboboni kutib olayotgan ...
12 iyun 2023
Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev O‘zbekiston poytaxtida yana bir universitet ochish niyatida ekanini bildirdi.  Uning bu bayonoti Akfa universiteti ...
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...