Asosiy mavzular
29 yanvar 2020

«Abu Saxiy»ning yangi egasi yong‘in chiqishini sabab qilib tujjorlarni do‘konidan ayirmoqchi

Sobiq “Abu Saxiy” bozoridagi do‘konlari buzilishidan norozi tadbirkorlar g‘alayoni ortidan bozorning yangi egasi “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasi 27 yanvar kuni o‘zining telegram kanalida voqeaga izoh berdi.

“Tashkent Trade Center” izohiga ko‘ra, bozorning 1-blokida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va Toshkent shahri Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi (YoXBB)ning «yong‘inga qarshi kamchiliklarni bartaraf qilish haqidagi xulosasi» asosida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Rekonstruktsiya, ya'ni bozorning 1-blokidagi “konteyner do‘konlar” o‘rniga yangi do‘konlar qurish rejasi amalga oshgunga qadar do‘kondorlar ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatishlari haqida rasman ogohlantirilgan.

Shuningdek, “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasi do‘kon egalariga 2019 yilning dekabrida qurib bitkazilgan savdo majmuasining yerto‘la qismidan vaqtinchalik joy olishni taklif qilgan.

«Eltuz»ga kelib tushgan, bozordagi g‘alayon aks etgan videoda ayni talab va takliflar do‘kondorlarni g‘azabga keltirganini ko‘rish mumkin.

«Vazirlar Mahkamasining 16 noyabrdan kuchga kirgan qarori bor. Shu asosda tadbirkorning talabi ustuvor bo‘lishi kerak. Yerto‘ladan emas, mulk egasi xohlagan joydan berilishi kerak joy. Birinchi qavatni xohlayapsizlarmi, birinchi qavatdan berishlari kerak. Agar rozi bo‘lmasalaring kelishuv imzosi qo‘yilishi kerak emas», deydi videoda o‘zini mulk egalaridan biri deya tanishtirgan erkak.        

O‘tgan 2018 yilning 16 noyabrida Chilonzor tumani hokimligi vakillarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham ayni norozilik bildirilgani haqida «Eltuz» maqola chop qilgan edi.

Ismini aytmagan, “Eltuz” suhbatlashgan do‘kon egalaridan bo‘lgan bir ayolning aytishicha, ko‘pchilik do‘kondorlar mulki olib qo‘yilishi haqida og‘zaki ogohlantirilgan.

Buning sababini bozor infratuzilmasi o‘zgartirilishi maqsadida do‘konlar buzilishi bilan izohlashgan. Biroq tortib olinadigan do‘kon o‘rniga na munosib tovon puli yoki yangi do‘konlardan birini berish haqida gap ketmayapti.

“Mening do‘konim maydoni 16 kvadrat metr Do‘konning mulk kadastr hujjatlari 2012 yilning aprelida nomimga rasmiylashtirilgan. Do‘konning bugungi kundagi narxi 100 ming dollarga yaqin bo‘ladi. Lekin gap tovon puli haqida yoki bozor o‘rnida quriladigan yangi do‘konlarning bizga berilishi haqida ketmayapti”, deydi savdogar ayol.

Norozilar, jumladan, investor bilan uchrashishni, mulk egaligi qonuniy hujjatlashtirilishini, bozor ma'muriyati, mulk egasi va investor o‘rtasida manfaatlar aks etgan uch tomonlama shartnoma tuzilishi talablarini ilgari surishmoqda.

Toshkentdagi “Abu-Saxiy” bozori va shu nomdagi kargo shirkatining O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kuyovi Temur Tillaevga tegishli bo‘lgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 sentyabr 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Do‘stnazar Xudoynazarov tovuq kabob qanday tayyorlanishini namoyish qiladi. Bu galgi video Shvetsiyaning so‘lim tabiati fonida ...
25 fevral 2022
“Vladimir Zelenskiy undan deyarli hech kim kutmagan rolni o‘ynamoqda: Ukrainaning urush davridagi prezidenti rolini”, deb yozdi New York Times ...
8 dekabr 2024
Joriy yilning 7 dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekistonning shvetsiyadagi elchixonasi, madaniyat markazi ...
27 fevral 2022
E'tiboringizga 26 fevralga qadar olingan Rossiya-Ukraina urushiga oid Eltuz tayyorlagan xronikani taqdim qilamiz.
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...