Asosiy mavzular
16 sentyabr 2020

O‘zbek ayirmachilar partiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish uchun AQShda o‘z agentiga ega

Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Asli Ukrainadan bo‘lgan mikrobiolog Andrey Xomutov chet el agentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga (FARA) muvofiq, Amanbay Bazarbaevich Sagidullaevga Amerika va xalqaro yetakchilar bilan yozishmalarida yordam bermoqda. Hozir Norvegiyada yashayotgan Sagidullaev O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan, mazkur mamlakat tarkibiga kiruvchi respublika uchun mustaqillikka intilayotgan «Alga Karakalpakstan» partiyasining rahbaridir.

Uzoq vaqtdan beri partiya xalqaro hamjamiyatni yangi davlat barpo etishda yordam berishga chaqirgan bo‘lsa, Xomutov Foreign Lobby Report ga bergan intervyusida uning faoliyati, asosan, atrof-muhit bilan bog‘liqligini aytdi. U  Qoraqalpog‘iston aholisi uchun halokatli bo‘lgan Orol dengizining qurib borayotganiga e'tibor qaratmoqchi:

“Men uning maslahatchisi sifatida, asosan, atrof-muhit muammolari bilan shug‘ullanaman, – dedi Xomutov. – Men 59 yoshda bo‘lsam-da, lekin hayotlik davrimda Orol dengizining normal holatga qaytganini ko‘rishni istardim”.

Uning aytishicha, ushbu muammoni hal qilish maqsadida Isroil singari muvaffaqiyatli «quruq» mamlakatlarning ba'zi nou-xaularini qo‘llab, butun dunyo bo‘ylab aloqalarini ishga solmoqchi.

Xomutovni ro‘yxatdan o‘tkazish va Orolga e'tiborni kuchaytirish O‘zbekiston uchun qiyin davrga to‘g‘ri keldi. Chunki mamlakat majburiy mehnat ayblovlari tufayli paxta eksportining xususiy sektorini boykot qilishni to‘xtatish uchun jamoatchilik bilan aloqalar kampaniyasini boshlagan.

Donald Tramp ma'muriyatining Xitoyning Shinjon mintaqasidan paxta importini taqiqlash to‘g‘risidagi bugungi qarori, agar uning eksportiga qarshi paxta boykoti olib tashlansa, O‘zbekistonga foyda keltirishi mumkin.

O‘zbekistonning suv talab qiladigan paxtachilik sanoatining atrof-muhitga ta'siriga qayta e'tibor qaratilishi masalani yanada murakkablashtirishi mumkin.

«Paxtachilik siyosati ko‘p yillar davomida O‘zbekiston xalqi uchun zararli bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhitning keskin tanazzulga uchrashiga olib keldi, – deydi sobiq siyosiy mahbus va o‘zbek paxtasi boykotida yetakchi rol o‘ynayotgan Germaniyadagi O‘zbekiston inson huquqlari forumi nodavlat tashkiloti ijrochi direktori Umida Niyozova. – Qoraqalpog‘istonga yetkazilgan zarar mintaqadagi keskin suv tanqisligiga qaramay, hanuzgacha Qoraqalpog‘istonni paxtachilikdan ozod qilmagan Toshkentdagi markaziy hukumat tomonidan sodir etilayotgan jinoyatdir».

Biroq u atrof-muhitni muhofaza qilishni mustaqillik chaqiriqlari bilan chalkashtirmaslik haqida ogohlantiradi.

-Ayni paytda ayirmachilik masalasini ko‘tarish menga juda xatarli hodisa bo‘lib tuyulmoqda,- dedi u. – Hech qanday demokratik institutlar va erkin matbuot bo‘lmagan bir paytda Qoraqalpog‘iston xalqining O‘zbekistondan ajralib chiqishga qanday munosabatda bo‘lishini aytish qiyin».

Uning fikricha, keng miqyosda paxta yetishtirish natijasida kelib chiqadigan atrof-muhitning buzilishi, hatto eng og‘ir qurbonlari bo‘lsa ham, «Qoraqalpog‘iston aholisiga qarshi maqsadli yoki qasddan kamsitishni» anglatmaydi.

«Majburiy mehnat, yerlarni musodara qilish, qonunbuzarlik, korruptsiya, paxta ekish va topshirish bo‘yicha buyruqlar butun O‘zbekistonda mavjud, – deydi Niyozova. – Umuman, inson huquqlari muammolari, xususan, paxtachilik sohasidagi mehnat huquqlari butun O‘zbekiston bo‘ylab dolzarbdir».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 may 2023
29 may kuni Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida O‘zbekiston “jinoyat olami” vakillarining “sxodka”si bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” ...
22 avgust 2017
Mug‘anniy (G‘anijon Holmatov) 1949 yil O‘sh shahrida tug‘ilgan. Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Shoir 2014 yilning 9 iyunida ...
20 noyabr 2018
«O‘zbekkontsert» birlashmasi «uyatsiz» klip bois Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi.  Rassom Tuz Eltuz.com
31 dekabr 2020
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mulozimining “Eltuz”ga aytishicha, O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (sobiq “O‘zavtoyo‘l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi) rahbariyati sohaga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...