Asosiy mavzular
1 fevral 2023

“O‘zbekneftgaz” rahbariyati va UNG Petro rahbarlari kirdikorlari haqidagi iddaolar

O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli UNG Petro MChJ rahbariyati “korruptsion xalqa” tuzib, neft va gaz sohasidan har oy millionlab dollar daromad olmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib olish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro MChJ esa – bu O‘zbekiston Respublikasidagi yeng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘idir.
U UNG milliy brendi ostida O‘zbekiston bo‘ylab 169 ta AYoQShda neft va gaz mahsulotlarini sotadi va bir nechta avtomobil yuvish shaxobchasiga egalik qiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 7 avgustdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish bayonnomasi asosida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining boshqaruv kompaniyasi sifatida UNG Petro MChJ tashkil etildi.
“Dolya”
“O‘zbekneftgaz”da rahbariyati tarkibida bo‘lgan Eltuz manbasining iddao qilishicha, korruptsion halqa boshida “O‘zbekneftgaz” raisi Mehriddin Abdullaev va UNG Petro MChJ rahbari Mirzohid Musaev turibdi.
U bergan ma'lumotga ishoniladigan bo‘lsa, Mirzohid Musaevning yordachisi UNG Petro-ga tegishli 169ta AYoQShning har biridan haftasiga “o‘rtacha 5 ming dollardan yig‘ib chiqadi”.
Bunday uslub “O‘zbekneftgaz” va UNG Petro rahbarlari hamyoniga oyiga o‘rtacha naqd 3 million dollar olib keladi.
Shu bilan birga ushbu MChJ bir tiyin ham dividend solig‘i to‘lamaydi.
“Misol uchun Tatneft foydalangan ikki AYoQShdan yiliga o‘rtacha 2 mlrd dividend to‘lab keladi,” deya UNG Petro faoliyatini boshqa shirkatlar bilan qiyoslagan Eltuz manbasi.
Unga ko‘ra, “O‘zbekneftegaz” boshqarish uchun UNG Petro-ga berilgan jihoz va mulklarni “umuman nazorat qilmaydi, ayrim holatlarda qo‘shimcha moliyalashtiradi”.
“O‘zbekneftgaz”da rahbariyati tarkibida bo‘lgan Eltuz manbasiga ko‘ra, Mehriddin Abdullaev Buxoro, Navoiy va Andijondagi ayrim neftebazalardan “dolya” yig‘ish vazifasini neftebaza rahbari Elyor Xudoyshukurov ismli yaqiniga ishonib topshirgan.
“Kadrovыy masalada ham bu odam [Elyor Xudoyshukurov] aralashadi,” deya iddao qildi Eltuz manbasi.
“Kompot”
Eltuz suhbatlashgan neft va gaz sohasidagi boshqa bir manba mazkur iddaolarni tasdiqladi.
Ikkinchi manbaning qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekneftgaz” va UNG Petro rahbariyati AYoQShlardan har hafta to‘planadigan mo‘may kirim bilan cheklanib qolgani yo‘q.
“Bularning neftemahsulot sxemasi [quyidagicha]: “Mehriddin Abdullaev o‘zining rodnoy ukasi Nig‘matni Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga (BNQIZ) joylashtirgan. Nig‘mat AI-80 markali benzinni to‘liq nazorat qiladi va uni noqonuniy yo‘llar bilan Chinoz neftni qayta ishlash zavodiga olib boradi. U yerda AI-80 markali benzin “kompot” qilib AYoQShlar orqali 92- AI sifatida sotishadi (hisobga olinmagan gaz kondensati va prisadka aralashtirilib yuqori aktanli benzin hosil qilinadi – Eltuz izohi).
Neft sohasi mutaxassislariga ko‘ra, bu O‘zbekneftgaz rahbariyatiga millionlab dollar noqonuniy daromad keltiradi.
“80-AI tugadi deb, ushbu yuqori aktanli benzinni sotishadi, ammo hech kim savol bermaydi qaerdan shuncha miqdorda benzin keldi deb. Import qildik, deb aldashadi. 80-AI benzinning sifati juda yomon, sababi unga ham gaz kondensat ko‘shiladi,” – dedi Eltuz manbasi.
“Naladchiklar”
Eltuz manbasiga ko‘ra, UNG Petro MChJda bir guruh naladchiklar bor va ular AYoQShlarga beriladigan yonilg‘i miqdorini belgilab borishadi.
“Boshliq Liflyanskiy Andrey Rudolfovich, yetakchi injener Liflyanskiy Rudolf, bosh mutaxassis Vorobev Andrey, Gorbachev Aleksand, Kashinev Andrey, Avakyan Artasheslar AYoQShlarga beriladigan miqdorni belgilashadi. Topshiriqlar MChJ yetakchi muhandisi Asatulla Ortiqov orqali beriladi. Barcha ma'lumot planshetda saqlanadi,” dedi Eltuz manbasi.
Eltuz suhbatlashgan manbalarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ uchun asosiy muammo olingan kreditlarni qaytarish bo‘lmoqda.
“100 mln dollardan ziyod olingan chet el krediti samarasiz, eski gaz konlariga sarf qilindi. Aslida ushbu kreditlarni yangi konlarga ishlatish kerak edi. Mehriddin Abdullaev qisqa muddatda kattaroq ob'yom olaman deb, Prezidentga va'da bergan. Natijada esa gaz yo‘q va O‘zbekneftgaz kredit qaytarishda muammoga duchkel moqda,” dedi Eltuz manbasi.
Maqoladagi ma'lumotlarni tekshirish imkoni Eltuzda yo‘q.
Eltuz nashri ilgari surilgan da'volar yuzasidan munosabat bildirish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va UNG Petro MChJga ochiqligini ma'lum qiladi.
Ammo oxirgi oylarning o‘zida O‘zbekiston neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korruptsiya holatlari aniqlangani bu tizimning ichdan yemirilganini ko‘rsatadi. @eltuz2022

O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotlaridan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli UNG Petro MChJ rahbariyati “korruptsion xalqa” tuzib, neft va gaz sohasidan har oy millionlab dollar daromad olmoqda.  
“O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib olish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi.  
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli UNG Petro MChJ esa – bu O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘idir.  
U UNG milliy brendi ostida O‘zbekiston bo‘ylab 169 ta AYoQShda neft va gaz mahsulotlarini sotadi va bir nechta avtomobil yuvish shaxobchasiga egalik qiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 7 avgustdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish bayonnomasi asosida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining boshqaruv kompaniyasi sifatida UNG Petro MChJ tashkil etildi.
“O‘zbekneftgaz” rahbariyati tarkibida bo‘lgan Eltuz manbasining iddao qilishicha, korruptsion halqa boshida “O‘zbekneftgaz” raisi Mehriddin Abdullaev va UNG Petro MChJ rahbari Mirzohid Musaev turibdi.  
U bergan ma'lumotlarga ishoniladigan bo‘lsa, Mirzohid Musaevning yordachisi UNG Petroga tegishli 169 ta AYoQShning har biridan haftasiga “o‘rtacha 5 ming dollardan yig‘ib chiqadi”.  
Bunday uslub “O‘zbekneftgaz” va UNG Petro rahbarlari hamyoniga oyiga o‘rtacha naqd 3 million dollar olib keladi.  
Shu bilan birga ushbu MChJ bir tiyin ham dividend solig‘i to‘lamaydi.  
“Misol uchun Tatneft foydalangan ikki AYoQShdan yiliga o‘rtacha 2 mlrd dividend to‘lab keladi,” dedi UNG Petro faoliyatini boshqa shirkatlar bilan qiyoslagan Eltuz manbasi.  
Unga ko‘ra, “O‘zbekneftegaz” boshqarish uchun UNG Petroga berilgan jihoz va mulklarni “umuman nazorat qilmaydi, ayrim holatlarda qo‘shimcha moliyalashtiradi”.  
“O‘zbekneftgaz” rahbariyati tarkibida bo‘lgan Eltuz manbasiga ko‘ra, Mehriddin Abdullaev Buxoro, Navoiy va Andijondagi ayrim neftebazalardan “dolya” yig‘ish vazifasini neftebaza rahbari Elyor Xudoyshukurov ismli yaqiniga ishonib topshirgan.  
“Kadrovыy masalada ham bu odam [ya'ni Elyor Xudoyshukurov] aralashadi,” deya iddao qildi Eltuz manbasi.  
Eltuz suhbatlashgan neft va gaz sohasidagi boshqa bir manba mazkur iddaolarni tasdiqladi.
Ikkinchi manbaning qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekneftgaz” va UNG Petro rahbariyati AYoQShlardan har hafta to‘planadigan mo‘may kirim bilan cheklanib qolgani yo‘q.  
“Bularning neftmahsulot sxemasi [quyidagicha]: “Mehriddin Abdullaev o‘zining rodnoy ukasi Nig‘matni Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga joylashtirgan. Nig‘mat AI-80 markali benzinni to‘liq nazorat qiladi va uni noqonuniy yo‘llar bilan Chinoz neftni qayta ishlash zavodiga olib boradi. U yerda AI-80 markali benzinni “kompot” qilib AYoQShlar orqali 92-AI sifatida sotishadi. (Kompot,  ya'ni bu jargonning Eltuz tahririyati ta'rifiga ko‘ra, hisobga olinmagan gaz kondensati va prisadka aralashtirilib yuqori aktanli benzin hosil qilinadi).  
Neft sohasi mutaxassislariga ko‘ra, bu O‘zbekneftgaz rahbariyatiga millionlab dollar noqonuniy daromad keltiradi.  
“80-AI tugadi deb, ushbu yuqori aktanli benzinni sotishadi, ammo hech kim savol bermaydi, qaerdan shuncha miqdorda benzin keldi deb. Import qildik, deb aldashadi. 80-AI benzinning sifati juda yomon, sababi unga ham gaz kondensat ko‘shiladi,” – dedi Eltuz manbasi.  
Eltuz manbasiga ko‘ra, UNG Petro MChJda bir guruh naladchiklar bor va ular AYoQShlarga beriladigan yonilg‘i miqdorini belgilab borishadi.  
“Boshliq Liflyanskiy Andrey Rudolfovich, yetakchi injener Liflyanskiy Rudolf, bosh mutaxassis Vorobev Andrey, Gorbachev Aleksandr, Kashinev Andrey, Avakyan Artasheslar AYoQShlarga beriladigan benzin miqdorini belgilashadi. Topshiriqlar MChJ yetakchi muhandisi Asatulla Ortiqov orqali beriladi. Barcha ma'lumotlar planshetda saqlanadi,” dedi Eltuz manbasi.  
Eltuz suhbatlashgan manbalarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ uchun asosiy muammo olingan kreditlarni qaytarish bo‘lmoqda.  
“100 mln dollardan ziyod olingan chet el krediti samarasiz, eski gaz konlariga sarf qilindi. Aslida ushbu kreditlarni yangi konlarga ishlatish kerak edi. Mehriddin Abdullaev qisqa muddatda kattaroq ob'yom olaman deb, Prezidentga va'da bergan. Natijada esa gaz yo‘q va O‘zbekneftgaz kredit qaytarishda muammoga duch kelmoqda,” dedi Eltuz manbasi.  
Maqoladagi ma'lumotlarni tekshirish imkoni Eltuzda yo‘q.
Eltuz nashri ilgari surilgan da'volar yuzasidan munosabat bildirish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va UNG Petro MChJga ochiqligini ma'lum qiladi.  
Ammo oxirgi oylarning o‘zida O‘zbekiston neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korruptsiya holatlari aniqlangani bu tizimning ichdan yemirilganini ko‘rsatadi.
Eltuz O‘zbekistonda kechayotgan energetika taqchilligi muammolarini o‘rganishda va yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
10 noyabr 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qiymiz. Dastlabki shikoyat Qashqadaryodan. “Obod mahalla”ning abgor ko‘chalari “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri ...
3 yanvar 2017
Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda. Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov ...
26 iyun 2019
Nihoyat 23 iyun kuni Istanbul shahri hokimligi uchun qayta saylov bo‘lib o‘tdi. Istanbul shahri hokimligi uchun 21 mart kuni ...
7 iyul 2019
Xayrullo Fayz 1970 yilda Ho‘jandda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitkazgan. Bi Bi Si radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydi. Ochilgan ko‘zdan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...