Nargiz Zokirova: «Men Sizdan emasman!»
Bezor bo‘lmadingizmi, a?? Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan qochib chiqqanman!
Bugun ham u yerda yashayotgan o‘z yaqinlarim zarariga bo‘lsa ham! Men ularni ko‘rmayman, ularni telbalardek sog‘inaman, ammo sizday jirkanch, razil jaholatparast va riyokorlar tufayli, men vatanni tark etishga majbur bo‘lgandim! Nafaqat men, balki butun mashhur sulolam qadriga yetmagan, aksincha har tomonlama kamsitgan va o‘zining ayanchli darajasiga tushirgan vatanni! Bu sulolani siz tom ma'noda yerga ko‘mish o‘rniga, qadriga yetishingiz kerak edi! Men bobom, buvim, tog‘alarim, onam, otam O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shganidan faxrlanaman! Men o‘z nasabim bilan faxrlanaman!!! Va bilishingizni istardimki, qanchalar tuban va dag‘al yangaramasin, siz kabi kabi mening sharafimga jirkanch va qabih izohlar yozish uchun tili la'natga borgan haromzodalardan nihoyatda uyalaman, men O‘zbekistonni nafaqat istamayman, balki tag-tugi bilan o‘z hayotimdan sug‘urib tashlayman! Men asli SIZNING, ha aynan SIZNING respublikangizdan ekanimni unuting! Men SIZDAN emasman! Na dinim, na ko‘rinishim, na ruhim va na qalbim bilan hech qachon sizdan emasdim! Men erkin odamman! Mening vatanim – AQSh, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Nima bo‘lsa bo‘lsin, faqat SIZ emas! Meni va oilamni tinch qo‘yinglar, o‘tinaman!!! Va xudo haqqi mening sahifamdan, o‘zingiz aytmoqchi «shaytondan» uzoqroq keting! Bu yerda sizga joy yo‘q «dindorlar»!
Nargiz Zokirova
(xonandaning tvitterdagi chiqishidan)