Catira
23 yanvar 2018

O‘zbek oltinini tashmalash

O‘zbekiston oltinini xorijga tashmalash Islom Karimov va uning atrofidagilar tomonidan hali mustaqillikning ilk yillaridan boshlangan edi.

Mamlakatning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabovning O‘zAda e'lon qilingan xotiralarini o‘qib, shunday xulosaga kelish mumkin.

R.Rajabovning xotiralarida aytilishicha, O‘zbekiston o‘zining ilk milliy valyutasini xorijda chop ettirgan. Bu xizmat uchun esa I.Karimov oltin bilan haq to‘lash qaroriga kelgan.

Davlat kotibining gaplari mazmunidan anglashiladiki, bu to‘lov tegishli rasmiylashtirishlarsiz, ya'ni noqonuniy ravishda amalga oshirilgan. Shuning uchun I.Karimov bu oltinlar tranzit chog‘ida boshqa davlatlar tomonidan musodara qilinishidan qo‘rqqan.

“Xorijga uchayotgan samolyot Rossiyaning Ilichevsk shahrida yonilg‘i olishga to‘xtaydi, har bir aeroportda bo‘lgani kabi u yerda ham samolyotni nazorat qiladigan bojxona xizmati mavjud. Bu tomonga uchayotgan samolyot (Yaqin Sharqdagi mamlakat aeroportining nomini aytdi Islom aka) shu yerda yonilg‘i olish uchun to‘xtaydi, u yerda ham bojxona bor. Bu masalalarni tushuntirish yo‘li bilan, shovqin-suronsiz, tinchgina hal qilmoq kerak”, degan Karimov.

I.Karimov bu noqonuniy operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun yuksak martabali amaldorlardan, xususan, R.Rahimovdan foydalanmoqchi bo‘lgan. Davlat kotibi “uquvi yo‘qligi”ni aytib, bu ishdan bosh tortmoqchi bo‘lganida esa uni qo‘rqoqlikda ayblagan.

Xotiranomada ta'kidlanishicha, o‘zbek oltini ortilgan samolyotlar qaysidir aeroportda ushlangan ham. Ammo “bu tadbirda hech kimning qora bir niyati, shaxsiy manfaati yo‘qligi…, yosh davlatning bir martalik tadbiri ekani” bois, muammo diplomatik va yuridik yo‘l bilan hal qilingan.

Bu xotiranoma davlatning rasmiy axborot agentligi tomonidan yanvar oyi oxirida 80 yillik yubileyi nishonlanadigan marhum prezident Islom Karimovni sharaflash bahonasida e'lon qilingan.

Aslida undan Islom Karimovning noshud bir rahbar bo‘lgani anglashiladi. Axir mustaqil bo‘lganiga 3-4 yil bo‘lgan davlat qanday qilib shuncha vaqt milliy valyutasiz yashaydi, degan savolni ham tug‘diradi bu xotiralar.

Shunga qaramay, o‘zbek oltinining xorijga tashilishi haqidagi xotiralar aslida bunday “operatsiya” keyinchalik ham to‘xtamagan, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Bunga asos 2004 yilda Moskvada o‘zbek oltini ortilgan O‘zbekiston samolyotning ushlanishi voqeasidir.
O‘sha paytlarda bir qancha saytlarda O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova o‘tirgan samolyot bortida 6 tonna (ba'zi ma'lumotlarda 8 tonna) oltin bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Hech kim ularning egasi ekanini bo‘yniga olmaganidan keyin bu oltinlar Rossiya hukumati tomonidan musodara etilgani ma'lum qilingandi.

Nazarimizda yuqorida tilga olingan ikki voqea o‘rtasida bog‘liqlik bordik. Bog‘liqlik shundaki, har ikkisi ham o‘zbek oltinining xorijga tashib ketilishiga taalluqli.

Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Islom Karimov va uning atrofidagilar tillamizni “tuya qilish”ni ancha ilgari boshlagan hamda bu ish uzoq vaqt davom etib kelgan.

Dastlabki “operatsiya” “xalq va davlat manfaati”ni o‘ylab amalga oshirilgan, deb hisoblagan taqdirimizda ham keyinchalik “davlatning junini shaxsiy jun bilan almashtirib” qo‘yishgan, deyishga asoslar yetarli.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2015
Bezor bo‘lmadingizmi, a?? Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan ...
25 fevral 2016
O‘zi bir xilu muallifi har xil maqolalardan bino bo‘lgan o‘zbek gazetalarida e'tiborimizga chalingan tendentsiya o‘zbek parlamenti Hisob palatasi hisobotiga ...
25 yanvar 2016
Qamoqxona boshlig‘i o‘rinbosari poraxo‘r bo‘lib chiqdi “Huquq” gazetasining yozishicha, Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha ...
28 sentyabr 2018
Andijon viloyati shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati shifokori A.ning “Eltuz”ga bildirishicha, bundan 5-6 kun oldin viloyat hokimligi vakili (A. ...
Bloglar
12 avgust 2020
Bishkekda hibsga olingan o‘zbek jurnalisti Bobomurod Abdullaevning onasi Gavhar Madaminova 12 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti ...
10 avgust 2020
Koronavirus kundaligi Qizimning qo‘g‘irchog‘i bilan uyda yolg‘izmiz. Ikkimiz ham bir odamchani sog‘inayapmiz. Faqat qo‘g‘irchoq yig‘lay ...
7 avgust 2020
Qishga tayyorgarlik. Pomidor va qalampirni o‘zim yetishtirib, quritib, ipga o‘tkazib devorga ildim. Ko‘o‘p bonkayam berkitganmiz. ...