Catira
13 mart 2018

Mirziyoev: MXX xodimlarining askariyati halol

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida viloyat faollari ishtirokidagi yig‘ilishda “viloyatdagi MXX xodimlarining aksar qismi halol xodimlar» ekanini ta'kidladi.

Prezidentning ishonishicha, “Navoiy viloyatidagi MXX zobitlari oylikdan oylikkacha zo‘rg‘a kunini ko‘radi, uyi ham, shaxsiy avtomobili ham yo‘q”.

Prezident bu viloyatdagi MXX xodimlariga azbaroyi achinib ketgani va ularga moddiy ko‘mak berilishini aytgan.

«Endilikda MXX xodimlari uchun sharoitlar yaxshilanadi, xususan, ular xizmat uylarida emas, o‘z uylarida turadi. Ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi», deya ta'kidlaydi Shavkat Mirziyoev «Eltuz» nashrida mavjud bo‘lgan va rasmiy OAVlarda e'lon qilinmagan nutqida.

Mirziyoev bundan oldin Qiziriq va Peshku tumanlari eli bilan uchrashgan paytda MXX faoliyatini ayovsiz tanqid qilgan.

U MXX xodimlarini “simyog‘ochni ham qamaydigan” «sotqin», «it» degan va ularning “otbozori” davlatga qimmatga tushgani va “o‘g‘irlik qilib” hammani sharmanda qilganini ta'kidlagan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 aprel 2022
Aziz do‘stlar, oylar sultoni  ramazon oyida sizlar bilan suhbat qilish baxtiga musharraf bo‘lganimdan sevinib suvutlarga chiqib ketmoqchiman. Mana kunlar ...
15 iyun 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni kutilayotgan navbatdagi prezident sayloviga ...
17 noyabr 2016
Internet va media sohasi O‘zbekistonda dunyoda eng keskin nazorat qilinadigan davlatdir. «Freedom House» har yili o‘tkazadigan Dunyo bo‘yicha Internet ...
8 iyun 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...