Asosiy mavzular
15 aprel 2018

Prezident kimni dushman dedi?

Negadir bugun ishongim keldi shu odamning gaplariga. Ayniqsa, ko‘cha tozalayotib yuk mashinasi ostida o‘lgan o‘qituvchi Diana haqida «Xuddi meni deb o‘lgandek deb tushundim», deyishi boshqacha ta'sir qildi.

Shu bilan birga, prezident yig‘ilganlarga qarata «Shunaqa ishlar bilan dushmanlarning tegirmoniga suv quymang» va «O‘qituvchi, talabalarni ko‘cha supurtirib dushmanlarimizni xursand qilmang», deganida dushman deb kimni nazarda tutganini tushunmadim.

Janob prezident! Necha yillardan beri byudjet xodimlari va talabalarning ko‘cha va dala ishlariga jalb qilinishini qoralab kelgan biz – ichkari va tashqaridagi o‘zbek jurnalistlari, faollari dushmanmizmi yoki qo‘ltig‘ingiz tagiga va poyingiz ostiga uzala tushib olib, ko‘zingizni bo‘yab, o‘qituvchilarni «Haromilar! Shakallar! Ifloslar!» deb haqorat qilib mardikorga aylantirib olganlar dushmanmi???

Dushman kim, Shavkat Miromonovich?

Ulug‘bek Ashur,
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2017
15 aprel kuni yozuvchi Nodir Normatovni taniqli rassomlar, ijodkorlar so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Marhum Toshkentdagi «Yalang‘och ota» qabristonida dafn qilindi. ...
7 sentyabr 2017
Avgust oyi O‘zbekiston telekanallari uchun har doim qaynoq bir davr bo‘lib kelgan. Qaynoqligi shundaki, mustaqillik bayrami arafasida hamdu sano ...
4 aprel 2016
O‘zbekiston telekanallari orqali bir necha marta namoyish etilgan, «o‘z yo‘lidan adashganlar, diniy ekstremistlar, Vatan xoinlari»ga bag‘ishlangan «Qiyomatga qolgan qarz» ...
19 dekabr 2019
O‘zbekistonda aholi o‘rtasida 22 dekabr kuniga belgilangan saylov shaffof, xolis va adolatli o‘tishiga ishonch ancha sustligini kuzatish mumkin. Bosh ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...