chorshanba,
18 dekabr 2024
20 iyun 2018
O‘zbek amaldorlari Gulnora Karimovaning pullarini kutishmoqda
Ayrim nashrlar marhum prezidentning korruptsioner qizi Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarish masalasi «ijobiy hal bo‘layotgani» haqida yozmoqda.
O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi islohotlar amalga oshirilayotgani 800 million Shveytsariya frankini o‘zbek hukumatiga qaytarishga asos bo‘lishi iddao qilinmoqda.
Lekin, bir guruh o‘zbek faollari buning aksini isbotlashmoqda va korruptsion pullarni rasmiy Toshkentga qaytarmaslik talabi bilan chiqishmoqda.
Shu asnoda, rassom Tuz korruptsiya pullarining qaytarilishini ilhaqlik bilan kutayotgan o‘zbek korruptsionerlarini aks ettirdi.
Rassom Tuz
Eltuz.com