KFC fastfudini ko‘rib, o‘zbeklar «O‘-o‘-o‘!» deyishdi
Toshkentda KFC fastfud restoranlari tarmog‘i ish boshladi.
Dastlabki restoran «Buyuk ipak yo‘li» metrosi yaqinida 12 sentyabrda ish boshlagani haqida gazeta.uz nashri xabar berdi.
Taomnomasi tovuqdan tayyorlangan snek, sendvich, basket va desertlardan iborat, 97 nafar xo‘randaga mo‘ljallangan restoranga toshkentliklar uzun navbatga turib kirishmoqda.
Amerikaning KFC – «Kentukki qovurilgan tovuqlari» (Kentucky Fried Chicken) fastfud shirkatiga tadbirkor Harland Sanders 1991 yili asos solgan.
AQShning og‘ir iqtisodiy depressiya yillarida ishi yurishmagan sobiq polkovnik Sanders franchayzing biznesida omadini sinab ko‘rishga qaror beradi va o‘zi o‘ylab topgan qovurilgan tovuq retsepti litsenziyasi huquqini sota boshlaydi.
Qizil va qora rangdagi KFS ramzida ham cho‘qqisoqol Harland Sandersning rasmi aks etgan.
KFC nisbatan qisqa vaqt ichida kattaligi jihatidan dunyoda faqat McDonald’sdan ortda turuvchi restoranlar tarmog‘iga aylandi.
Rassom Tuz
Eltuz.com