Shoira Zulfiya Mo‘minova Internetni zaharli ajdarga o‘xshatdi
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, Internetni esa «simidan zahar oqayotgan ajdar»ga o‘xshatdi.
Internet degan ajdar
Simidan oqar zahar…
«Kel-kel!» deb imlar tuzoq
Qabr qazar, qazar choh…
Ming-ming astag‘firulloh,
Bolaga kitob bering!
deydi shoira, jumladan, o‘zining yangi she'rida. Voqea O‘zbekistonda Internetning sekinlashuvi, feysbukning cheklanishi, VPN dasturiga taqiqlar paydo bo‘lgan davrga to‘g‘ri keldi.
«VPNsiz feysbukka kira olmaganim sababini topgandekman. Bu she'rni o‘qigan bolada she'riyatga nisbatan kompleks paydo bo‘lmaydimi?» deya izoh yozdi Jonuzoq Xalil ismli feysbuk yuzeri.
Shoiraning Internetda paydo bo‘lgan asari tarmoqda hazil- mutoyibaga ham sabab bo‘lmokda:
«Bolaga har narsa bersangiz bering, lekin Zulfiyaga yog‘liq ovqat bermang», deya yozdi Eldar Asanov.
Samarqandlik shoira Zulfiya Mo‘minov 80-yillarda o‘zining «Oq ilon» she'ri bilan muxlislariga tanilgandi.
U, shuningdek, «Vatan tashlab ketmaydi», «Beshiklarni asragin, dunyo», «Yonayotgan ayol» kabi she'riy to‘plamlari muallifidir.
Rassom Tuz
Eltuz.com