Asosiy mavzular
23 mart 2023

EP63: Sifatsiz qurilgan binolar, sifatsiz yotqizilgan asfalt va sifatsiz ta'lim

Salom qadrli muhlislar. Bugun 22 mart. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryodan. Mahalliy mas'ullar aybi bilan sifatsiz qurilgan va snos muammosi.

 “Qashqadaryo viloyati Koson tumani Yangi O‘zbekiston massividan yozmoqdamiz. O‘tgan yili Prezidentimiz kelib, shaxsan loyihani ko‘rgan edilar.  30 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va poliklinika qurilishi kerak edi. Qurilib bo‘ldiyam. Keyin esa aholining qurilish boshlagan uylari “snos”ga tushirildi. Yangi yil arafasida buzishga xat berishdi. Hamma bayram qilganda ustalar uy buzishi kerakmi? 15 kun muddat o‘tgach, anomal sovuq kunlari jarima chiqarishdi. Sovuqda sudga hech kim bora olmadi. Endi esa ishni MIBga o‘tkazib, jarima undirishni boshlashdi. Mahalliy mas'ullarning xatti-harakati qonuniymi? Yana bir savol: o‘zi qurilish sifatli qilinmoqdami?”

Keyingi maktub Namangandan, NTMga har oy badal puli to‘lanadi, lekin sharoit va o‘qitish sifati qoniqarli emas.

“Namangandagi 52-maktab qoshida faoliyat yuritayotgan “Temuriy avlodlari” nodavlat ta'lim muassasasi ishidan qoniqmayotgan ota-onalar nomidan yozmoqdamiz. Ushbu NTMga har oy badal puli to‘laymiz. Lekin shart-sharoit yaxshi emas. Bolalar  yotoqxonasi, o‘quv xonalari, berilayotgan ovqatlar talabga javob bermaydi. O‘quv jarayoni ham qoniqarli emas. Bizga maktab deb tushuntirilgan edi, lekin kurs ekan. Hujjat beramiz deb aldab kelmoqdalar. Vakolatli idoralar maktab faoliyatini tekshirsa yaxshi bo‘lardi”.

Navbatdagi maktub Samarqand viloyatining Nurobod tumanidan. Elektr idorasi aholi puliga o‘rnatilgan transformatorni ulashni paysalga solayapti.

 “Samarqand viloyati Nurobod tumani Sariko‘l qishlog‘idan murojaat yo‘llamoqdamiz. Elektr korxonasi faoliyatidan norozimiz. Aholi transformator va kerakli materiallarni sotib oldik, o‘zimiz o‘rnatib, tarmoqqa ulashga tayyor qilib qo‘ydik. Elektr idorasi esa ulab bermay paysalga solayapti.
Aslida,  viloyat hokimining 2023 yil yanvardagi sayyor qabulida HYeTK rahbari hamma materialni beramiz deb ishontirgandi, lekin va'dasini bajarmadi. 42 xonadon chiroqdan qiynalyapmiz, bu borada 5 yildan beri murojaat qilamiz. Viloyat rahbarlaridan HYeTK  ma’muriyatiga tegishli chora ko‘rishlari va transformatorni tarmoqqa ulab berishlarini so‘raymiz”.

Keyingi maktub Toshkent shahridan. Tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinika shifokorlari turli baxonalar bilan pul yig‘ib olishayotganidan norozilik bildirishgan.

“Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan yozmoqdamiz. Shifokorlar 1-2 mln so‘m maosh olamiz. Chunki xo‘jalik hisobiga o‘tilgach, oylik qisqarib ketgan. Shunga qaramay, turli bahonalar bilan xodimlardan pul yig‘ilmoqda. Masalan, klinikani obodonlashtirish ham bizning hisobimizdan bo‘lar ekan. Bu mehnat qonunchiligiga zid-ku.

Onlayn tizimga o‘tilgan klinikamizda hammaga kompyuter berilmagan, ayrim xodimlar uyimizdagi kompyuter va noutbuklarni keltirib ishlaymiz. Skaner va qog‘ozlar ham o‘z hisobimizdan. Klinika ma'muriyati kantselyariya buyumlari bermaydi. Yana g‘aznaga kam pul tushiryapsizlar deb tanqid qilishadi. Kelgan bemorlar nochor bo‘lsa, qanday qilib pul olamiz? G‘aznaga tushirilgan summamizdan oylik beriladi, ammo mablag‘ning asosiy qismi klinika hisobiga o‘tkaziladi. Ishdan tashqari majlisbozlik alohida mavzu.

Yaqinda farmasevtika kompaniyalar bilan ishlamanglar deb topshiriq berildi. Albatta, to‘g‘ri talab. Lekin klinika ma'muriyati avvalo ish jarayonida kerak bo‘ladigan mehnat qurollari bilan to‘liq ta'minlashi kerak-da…”

Va nihoyat so‘nggi beshinchi maktub Andijon shahridan. Shikoyatgo‘y ko‘chaga yangi asfaltning yupqaligiga e'tibor qaratadi.

“Andijon shahridan murojaat qilyapmiz. Yangi ochilayotgan 56-maktab yonidagi yo‘l asfalt qilinmoqda. Yo‘l ta'miri uchun rahmat, lekin asfalt juda yupqa yotqizilyapti-da. Bu holat shaharsozlik talabiga to‘g‘ri keladimi?”

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘nggi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
9 aprel 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
9 noyabr 2019
Hayotimizni qiyinlashtirayotgan narsalarning ko‘pi miyamizda joylashgan. Miyamizdagi vasvasa qurti bois qurbimiz yetmasa ham qarz havola to‘y qilamiz. Ayni vasvasa ...
29 yanvar 2022
Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan ...
11 oktyabr 2015
O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik, savodli, ziyoli muxolifatning yo‘q qilinishi, kelajakda qo‘zg‘olonlar bo‘lgan taqdirda hukumat bilan dialog qilishga zarracha umid qoldirmadi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...