Asosiy mavzular
19 oktyabr 2018

O‘zbekistonda AES qurilishi biz o‘ylagandan-da xavfliroq

Rossiyaning O‘zbekistonda AES qurish g‘oyasi o‘zbek jamoatchiligining jiddiy xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. «Eltuz» nashri «Ko‘zqarash» rukni ostida toshkentlik tahlilchi Anvar Nazir sharhini e'lon qiladi. Umida Ahmedova fotosi: Anvar Nazir jamoatchilik faollari bilan.

Favqulodda vaziyat

Mening taxminlarim haqiqat bo‘lib chiqdi, atom stantsiyasini qurish loyihasi biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq. Bu loyiha shu darajada dahshatli ekanki, unga bugun hattoki ko‘pchilik vazirlar, bosh vazir o‘rinbosarlari, Fanlar akademiyasining rahbarlari, akademiklar norasmiy qarshi chiqishmoqda.

Oldingi taklifda Moskva AESning eng dahshatli tomoni bo‘lgan o‘ta yuqori zaharli chiqindilar muammosini “o‘zimiz olib ketamiz”, deb hal etmoqchi edi. Endi esa birdan bu taklifini qaytib olib, boshimizga katta, misli kelmagan falokatni tashlamoqchi.

Vaziyat jiddiyligining ko‘rsatkichi «Rosatom» agentligi yetakchisining bayonoti. Rossiya tomoni umid qilar emish, AES qurilishi haqidagi shartnoma yanagi yil bahorida ikki tomon tarafidan qabul qilinadi, deb. Demak, hali hattoki shartnoma tayyor emas, kontrakt yo‘q ekan. Loyiha demak muammo, bahsli.

Xullas, Sh.Mirziyoev bu tashabbusi bilan yana bitta katta muammoni boshimizga balo qildi. Toshkentda AES qurilishiga ikki prezident tarafidan start berilishi bu hali mavzuga nuqta qo‘yildi, degan emas qisqasi.

Orol fojeasidan ham xavfli oqibatlar

Chiqindalarni o‘zimizda qoldirish nimasi bilan bizga xavf solmoqda ,degan savolga javob: O‘zbekiston yuqori toksik va o‘ta xavfli yadro chiqindilarining katta maydoniga aylanishi – bu Orol fojeasidan battar falokat, insonga nisbatan va atrof-muhitga nisbatan ta'siri bo‘yicha. Bugun davlatimiz yaqin kelajagimizni vayronagarchilikka ochib bermoqda. Bular his-tuyg‘ular emas, bu haqiqatdir.

Rossiya esa o‘z aldovi bilan sherik sifatida eng shafqatsiz dushmandan ko‘ra yomonroq ekanini yana bir bor isbotladi. Genetikasi buzuq nasl tug‘ilishi, jiddiy saratonlar turlarining epidemiyasi, millat genofondiga aqlga kelmagan ulkan zararlar – bularning barchasi qo‘rqinchli tush emas, bu endi haqiqat bo‘lishi mumkin, yaqin kelajagimiz bo‘lishi mumkin.

Vaziyat o‘ta jiddiy va bu hali muammoning hammasi emas. Suvning ko‘p ketishi AES ishida ham hali muammoning hammasi emas, issiq haroratda AES ishlab chiqaradigan quvvatning yarmini yoki yarmidan kamini ishlab chiqarishga kuchi etadi, chunki issiq haroratda AESni o‘ta ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim va buni hamma biladi.

Endi bizda «Rosatom» tanlagan maskanni qarang, Buxoro bilan Navoiyning o‘rtasi, ochiq, jazirama yondiradigan issiq joy. Bu joyda AES qurilsa, aytilgan quvvatining 20% ni emas, undan ancha kamini ishlab berishi mumkin , agar umuman yozda, kuzning birinchi oylarida va bahorning ikkinchi yarmida to‘xtatilib qo‘yilmasa AES ishi.

O‘zbekiston qarzga botadi

Yana bitta muammo moliyalashtirish bilan bog‘liq: AESlarning oldindan belgilangan narxi doim, qurilish jarayonida qimmatlashadi. Rossiya qurgan AESlar shunaqa, chunki bunga sabab Rossiya iqtisodining og‘ir bugungi ahvoli va kelajakda bu ahvol faqat og‘irlashadi. Rublning sakrashi bunaqa loyihalarning qimmatlashishiga olib keladi va bizga ham bugun bu dolzarb.

Chunki AESning narxi hali ancha muncha qimmatlashadi va bu biz oladigan kreditning qimmatlashishi degani. Bu degani ertaga biz uchun bu qarz, foizlarini hisobga olmasak ham qimmatga, ancha muncha, tushadi.

Loyiha to‘xtatilishi kerak

Qisqasi, bahorgacha nima bo‘lmasin, bu loyihani to‘xtatish zarur. Yolg‘iz prezidentning o‘zi bugun bu loyihaning tarafdori va bu yerda o‘zing salbiy rolini Alisher Usmonov o‘ynamoqda, asli shu odam bugun dirijyor.

Hozirgi vaziyat o‘zi juda qiyin, nonning bahosi o‘sishi, cheksiz inflyatsiya, yorug‘likning, gazning va issiqlikning qimmatlashishi, issiq suv va gaz bosimining pasayishi hattoki endi Toshkentning markaziy tumanlarida kuzatilmoqda.

Qisqasi, AESsiz ham mamlakatda juda qiyin va xavfli ijtimoiy ahvol. AES esa bu ahvolni faqat bundan battar dahshatga solmoqda.

Anvar Nazir
Toshkentlik tahlilchi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2016
26 fevral kuni qabul qilingan qaror ijrosi shu kunlarda viloyatdan Toshkentga kelganlar uchun jiddiy muammoga aylanib ulgurdi. Guvohnoma olish ...
9 oktyabr 2017
Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi. 7 ...
21 yanvar 2020
O‘zbekiston so‘nggi yillarda tobora ko‘proq oltin sotmoqda. Shunga qaramay, mamlakatning tashqi savdo aylamasida salbiy saldo hajmi oshib boryapti.  Masalan, ...
20 dekabr 2016
Mahrum prezident Islom Karimovning har bir chiqishi, va'dalari ortidan xalqning turli qatlami vakillarining bu chiqishlarga munosabat bildirishi sovet davridan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...