Ko‘zqarash
22 yanvar 2019

Vazirlik Facebook bilan aloqa o‘rnata olmayapti

Aftidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyasini rivojlantirish vazirligidagilarning yumor hissi kuchli.

Internetdan to‘sib qo‘yilgan, ilgari VPNsiz kirib bo‘lmaydigan saytlarning ishlab ketishini (keyin ma'lum bo‘lishicha, qisqa muddatga) buzilish deya atashdi. Ya'ni, anglashimizcha, tarmoqdagi uzilish.

Endi esa ular Facebook ma'muriyati bilan bog‘lanishga yordam so‘rab Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishmoqda.

Kimdir Marsdan suv, kimdir qo‘shni yulduzlar burjidan hayot axtaradi, kimdir esa Facebook bilan aloqa o‘rnatmoqchi. Darhaqiqat, diplomatlar yordamisiz buni qanday uddalash mumkin?

Muhimi, nima uchun? Uning O‘zbekistonda o‘z-o‘zini to‘sib qo‘yishi sababini so‘rash uchunmi? Nega to‘satdan buni boshlashdi?

Yo‘q. Yumor hissining bo‘lgani yaxshi. Agar shunday tuyg‘u bo‘lmasa, chiroqlarimizni o‘chirib qo‘ysak ham bo‘laveradi. Har holda umid so‘ngani yo‘q.

Yuliy Yusupov
Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori feysbuk sahifasidan

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2020
«2017 yil yanvar oyida, ya'ni mening ozodlikka chiqib ketishimga sanoqli kunlar qolganida, biz oxirgi marta uchrashib suhbatlashdik. Bizning bu ...
15 aprel 2020
Joriy yilning apreli boshidan Toshkent ko‘chalarida BTRlarda yurib, karantin bois karnaylar orqali aholini uyda qolishga da'vat etish boshlandi. Biroq ...
30 aprel 2019
Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 15 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangani ortidan matbuotda ...
12 yanvar 2017
Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga uch oy ichida chet elga ishga ketgan 50 ta o‘zbekistonlik medikni qaytarishni buyurdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...