Asosiy mavzular
31 yanvar 2019

Nega internetdagi o‘zbeklar diktatorlarni sevadi?

Venesueladagi oxirgi o‘zgarishlardan so‘ng, kutilganidek, sobiq prezident Nikolas Maduroning tarafdorlari ko‘payib ketdi. Uning xalqqa qilgan yaxshiliklari, hamshiralar minglab dollar maosh olgani haqidagi postlar urchidi. Xuddi shu voqea Saddam Husayn va Qazzofiy (Kaddafiy) ketganida ham kuzatilgan edi.

Internet ahlining har qanday vaziyatda ham teskari fikr bildirish ishtiyoqidan xabarim bor. Lekin bu safar ular shunchalar erinibdiki, Maduro uchun yangi “xizmatlar” o‘ylab topish o‘rniga Qazzofiyning “xizmatlar”ini ko‘chirib qo‘yishibdi. Hamshiralarga ming dollar maosh, tekin benzin, dorilarni soxtalashtirganlik uchun o‘lim jazosi — Liviya uchun ham, Venesuela uchun ham bir xil faktlar, faqat davlat rahbarining nomi o‘zgaradi, xolos.

O‘sha afsonaviy “xizmatlar” haqiqat deb olaylik, mayli. Baribir savollar tug‘iladi:

  • milliy boyliklarning ulkan qismi baribir elita tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan. Katta maosh buni oqlolmaydi;
  • sog‘lom iqtisodiy muhit yaratmay turib “ol qulim” deb berilgan imtiyozlar iqtisodiyotning battar botqoqqa botishiga olib keladi. Neft zaxiralari bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ustun turadigan Venesuela qanday ahvolga olib kelib qo‘yilgani buning dalilidir.
  • tekin benzin, tekin dorixona maqtanadigan narsa emas, balki boqimandalik psixologiyasi in'ikosidir. Sog‘lom iqtisodiyotda xizmatlar odatda pulli bo‘ladi, odamlar esa ulardan to‘liq foydalanish uchun yetarli moddiy imkoniyatga ega bo‘ladi;
  • nihoyat, mayda-chuyda imtiyozlar so‘z erkinligi va shaxsiy huquqlarning poymol qilinishini oqlolmaydi.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
11 mart 2016
7 va 8 mart kunlari jaxonning ko‘zga ko‘ringan paxta sanoati korxonalari vakillari, olimlar, siyosatchilar, taniqli xuquqbonlar va jurnalistlar ishtirokida ...
3 iyul 2020
Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilishmi? O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy ...
14 fevral 2019
O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Instagram sahifasida onasiga bosim o‘tkazilayotgani, shifokorlar ...
1 fevral 2017
O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi. Afsuski, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...