Asosiy mavzular
31 yanvar 2019

Nega internetdagi o‘zbeklar diktatorlarni sevadi?

Venesueladagi oxirgi o‘zgarishlardan so‘ng, kutilganidek, sobiq prezident Nikolas Maduroning tarafdorlari ko‘payib ketdi. Uning xalqqa qilgan yaxshiliklari, hamshiralar minglab dollar maosh olgani haqidagi postlar urchidi. Xuddi shu voqea Saddam Husayn va Qazzofiy (Kaddafiy) ketganida ham kuzatilgan edi.

Internet ahlining har qanday vaziyatda ham teskari fikr bildirish ishtiyoqidan xabarim bor. Lekin bu safar ular shunchalar erinibdiki, Maduro uchun yangi “xizmatlar” o‘ylab topish o‘rniga Qazzofiyning “xizmatlar”ini ko‘chirib qo‘yishibdi. Hamshiralarga ming dollar maosh, tekin benzin, dorilarni soxtalashtirganlik uchun o‘lim jazosi — Liviya uchun ham, Venesuela uchun ham bir xil faktlar, faqat davlat rahbarining nomi o‘zgaradi, xolos.

O‘sha afsonaviy “xizmatlar” haqiqat deb olaylik, mayli. Baribir savollar tug‘iladi:

  • milliy boyliklarning ulkan qismi baribir elita tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan. Katta maosh buni oqlolmaydi;
  • sog‘lom iqtisodiy muhit yaratmay turib “ol qulim” deb berilgan imtiyozlar iqtisodiyotning battar botqoqqa botishiga olib keladi. Neft zaxiralari bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ustun turadigan Venesuela qanday ahvolga olib kelib qo‘yilgani buning dalilidir.
  • tekin benzin, tekin dorixona maqtanadigan narsa emas, balki boqimandalik psixologiyasi in'ikosidir. Sog‘lom iqtisodiyotda xizmatlar odatda pulli bo‘ladi, odamlar esa ulardan to‘liq foydalanish uchun yetarli moddiy imkoniyatga ega bo‘ladi;
  • nihoyat, mayda-chuyda imtiyozlar so‘z erkinligi va shaxsiy huquqlarning poymol qilinishini oqlolmaydi.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
23 mart 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi M.R. 2020 yil 8 iyul sanasida yaqin qarindoshinikidan chiqib ketganicha 3 kun uyiga ...
20 avgust 2019
Asakalik tadbirkor Sirojiddin Najmiddinov tuman markazida tashkil qilgan «Tasanno Omad Lyuks» savdo majmuasini sherigi Anvar O‘rinboev tortib olinganidan shikoyat ...
27 avgust 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari 4 sentyabr kuni O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraga pora berishgani ...
3 mart 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...