Dayjest
19 noyabr 2019

«Ortiqxo‘jaev-Vahobov» ishi yoxud piyodani qutqaraman deb qurbon bo‘lgan shoh

Matbuot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar sohasi bo‘yicha tahlillar ruknimizning yangi soniga katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Zeroki, piar xatoliklar katta darajadagi mansabdorning o‘z o‘rnini yo‘qotishi xavfini uyg‘otdi.

Bundan bir necha oy oldin Olmazor tumani hozirda sobiq zamhokimi Vahobovning kun.uz sayti jurnalistlariga tashlangani va keyinchalik Toshkent shahar matbuot xizmati tomonidan Vahobovning dalillarsiz ommaviy ayblovini e'lon qilgani mavzusini tahlil qilgan edik (https://t.me/nozimsafari/1466).

O‘shanda Vahobovning bayonoti vaziyatni chigallashtirganini aytib, matbuot xizmati yo‘l qo‘ygan bir qator xatolarni sanagan edim. Oxir oqibatda prognozlar o‘zini oqladi. Vaziyat umuman tizgindan chiqib ketdi. Hozirda Ortiqxo‘jaevning o‘ziga qat'iy chora ko‘rilishi xavfi paydo bo‘ldi.

Voqealarning qisqacha xronologiyasi:

  • Zamhokim muxbirga tashlandi
  • Shahar hokimi kunuzchilar bilan omadsiz murosa uchrashuvini uyushtirdi
  • Zamhokim tuxmatli bayonot bilan chiqdi
  • Kunuz Vahobovni prokuraturaga berdi
  • Prokuratura Vahobovning harakatlarida noqonuniylikni aniqlamadi
  • AOKA prokuraturaga taqdimnoma kiritdi
  • Vahobov vazifasidan ozod etildi
  • Prokuratura brifingda ishda tuxmat alomati aniqlanmaganligini bildirdi
  • Ortiqxo‘jaevning audiosi tarqaldi
  • Maxsus tuzilgan komissiya vaziyatni o‘rgana boshladi. Va tushunishim bo‘yicha vaziyat Ortiqxo‘jaevning istefosi bilan tugashi ehtimoli katta.

Vaziyatning bunchalik darajaga yetib kegani sabablaridan eng kattasi bu negadir shahar hokimi axmoqlik qilib qo‘ygan, katta ijtimoiy e'tiroz uyg‘otgan Vahobovni o‘zining chuqur himoyasiga olish qaroriga kelgani. Bunday mag‘lubiyatli aktiv kattaroq talofat olib kelishi aniq edi. Bunday vaziyatda JO shunchaki boshida zamhokimga ma'muriy chora ko‘rganida vaziyat o‘sha yerda yakun topardi. Hatto ishdan olish ham shart emas edi. Ishdan bo‘shatsa ham shunchalik Vahobovni yaxshi ko‘rsa o‘nlab bizneslaridan boshqa ish topsa bo‘lardi unga.

Ikkinchi xato: Murosa uchrashuvida Ortiqxo‘jaev tiliga erk berdi.
Uchinchi xato: Jurnalistlarga qarshi xujum. Bayonotda tuxmat bilan chiqish varianti tanlandi.

To‘rtinchi xato: Bu xato to‘liq matbuot xizmatining bo‘ynida. Ular shahar hokimini tuxmat varianti mag‘lubiyatli pozitsiyaga olib kelishini aytishlari va boshqa yo‘lga undashlari zarur edi.

Beshinchi xato: Kunuz omadsiz murosa uchrashuvidan so‘ng ularda audioyozuv borligini ochiq ma'lum qildi. O‘sha uchrashuvda nimalar deb qo‘yganini bilgan na JO va na uning piar xizmati rahbari ushbu signalga zarur e'tibor qilmadi. Jurnalistlar bilan ochiq urushni davom ettirishdi. Va piar xizmat rahbari urushni bugun ham davom ettirdi. Yana jurnalistlarni ayblab, noo‘rin so‘zlar qo‘lladi.

Oltinchi xato: Prokuraturaning 14 noyabrdagi brifingi. Unda Vahobovning tuxmat qilgani aniqlanmadi deya shaxs dahlsizligi haqida nomutanosib mujmal so‘zlar aytildi. Bu jurnalistlar jamiyatini qattiq ranjitdi. Qonun mansabdorlarga kelganda ishlamasligi e'tiroz uyg‘otdi.

Keyin esa nimalar bo‘lgani barchaga ma'lum. Yuqorida sanalgan xatolarning hech bo‘lmasa bittasiga yo‘l qo‘yilmaganida shahar hokimi bunday og‘ir vaziyatga tushmasdi. O‘zi umuman JO hokimligining ilk kunlaridan OAV va blogerlarga qarshi dushman kayfiyatini o‘zida shakllantirdi. Ularni o‘rniga o‘tqizib qo‘yish umidida yondi. Jurnalistlarga nisbatan ters munosabat eng xato va noto‘g‘ri yo‘l. Lekin bunday kayfiyatni o‘ziga xos sabablari bor. Bu haqida keyingi sonda.

30-35ga yaqin xodim va bir nechta piar mutaxassislarga ega bo‘lgan Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati o‘z rahbari bilan qanday qilib jamoatchilik bilan aloqalarda tanazzulga uchragani mavzusining davomi bor.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Nozim Safarov
bloger-shoumen

Tag‘in o‘qing
11 iyul 2016
Ukraina va Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida maqsadi ayollar va qizlarga nisbatan qilingan shilqimlik va jinsiy zo‘ravonlikka jamoatchilik e'tiborini tortishga qaratilgan ...
10 dekabr 2019
22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Shu kuni rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ...
5 may 2017
Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga 29 aprel tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nazarboev bilan birga Caspian Food vinochilik xo‘jaligida bo‘ldi. Xususan uning ...
20 iyul 2016
19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...