Ko‘zqarash
10 mart 2020

Aripov 400 eski joy nomini o‘zgartirmoqchi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda respublika bo‘yicha 300 dan ziyod qishloq va mahallaning, 400 ga yaqin ko‘chaning eski, sovetlar davriga xos yoki biror mantiqsiz, tushunarsiz nomi haligacha saqlanib qolayotgani tanqid qilindi.

Qiziq, qaysi nomlar? Menga qiziq. Bunday nomlarni imi-jimida almashtirmay e'lon qilishlarini, yanayam yaxshisi, shu aholi punktlarida yashaydigan aholining fikri asosida almashtirishlarini xohlardim.

Toponimiya muammolari haqida menchalik ko‘p va xo‘b yozgan bo‘lmasa kerak. Kanal ochilganidan buyon, hatto u ochilishidan ancha avval bu muammoni ko‘targanman. Tarixiy joy nomlarini saqlash tarixiy qo‘lyozmalarni yo tarixiy binolarni saqlashday muhim va mas'uliyatli vazifadir.

Bu boradagi qarorlar to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lganda ham ishni byurokratlarga emas, toponimistlar va tilshunoslarga, tarixchi va etnograflarga topshirish kerak, deb o‘ylayman.

Mafkuraga yo‘g‘rilgani bois sovetcha nomlarni saqlashdan ma'ni yo‘qdir balki (agar konkret sovet davrida qurilmagan bo‘lsa).

Lekin eski nomlarni o‘zgartirishda ehtiyot bo‘lish kerak. “Mantiqsiz, tushunarsiz” deb baholanadigan joy nomlari zamirida odatda biror tarixiy voqelik yotadi: urug‘ nomi, odat nomi, an'anaviy nom va hokazo.

Bularni jiddiy o‘rganmay turib, “Baxtobod”, “Guliston”larga almashtirib tashlash jiddiy xato bo‘ladi.

Ehh, shuncha yozganim bilan gaplarim eng yuqoriga yetib bormasligini bilaman. Hech bo‘lmaganda, obunachilarim meni eshitib, boshqalarga yetkazishga harakat qilsa, gapiradiganlar ko‘paysa, balki o‘zgarish bo‘lar.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
25 oktyabr 2015
Bu yil mahkum do‘stimiz Solijon Abdurahmonov 65 yoshda. 10 oktyabr kuni esa uning turmaga tashlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. 2008 ...
5 yanvar 2021
Rassom Elnur Egamov suratga olgan animatsion filmda poraxo‘rlik asorati hajv qilinadi. Film ijodkorlari uni Sardoba cuv ombori halokatiga 230 ...
20 iyun 2018
Xalq ta'limi vazirligi saytida eng ko‘p o‘qilgan maqola O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning yagona formasi joriy etilishi haqidadir. ...
19 fevral 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...