Ko‘zqarash
11 aprel 2020

Millatni sevishni yahudiylardan o‘rganaylik

Demokratiya hokim bo‘lgan davlatlarda irqchilik va antisemitizm (yahudiylarni yomon ko‘rish) qattiq qoralanadi. Qora tanlini «negr», lotinamerikalikni «latinos», yahudiyni «la'nati yahud» degan odam qamalishi mumkin.

Lekin aksar musulmonlarda, shu qatorda o‘zbeklarda ham antisemitizm o‘ta kuchli. Yoshligimizdan buvilarimiz juhutlarning qabri yo‘q, ular o‘liklarini qaynatib yeyishadi, deb cho‘pchaklarni qulog‘imizga quyib tashlashadi. Garchi islomda millatchilik qoralansa-da, masjidlarda yahudiylar la'natlanib duo qilinadi. Toshkentda ishlaydigan bir yurist ham yahudiylarni so‘kib yozayotganiga guvoh bo‘ldim.

Yahudiylar azaldan inoq xalq, savdo-sotiqni yaxshi bilgani uchun doimo boy bo‘lishgan.

Yahudiylarni yomon ko‘rishga, asosan, Falastindagi urushlar turtki bo‘lgan. Yahudiyni la'natlaydigan o‘zbek falastinliklarning tarafini olib duo qiladi. Lekin ko‘pchilik bilmaydiki, yahudiylar bugungi Isroilda azaldan yashab kelishgan. Isroil qurilishidan avval o‘sha falastinliklarning o‘zlari Usmonli xalifaligiga qarshi kurashgan. Xalifalik yo‘q bo‘lgandan keyin esa o‘sha yerlarga ko‘chib kelgan yahudiylarga o‘z uylarini sotishgan yaxshigina pulga. Millionlab falastinlik o‘z uyini sotgan.

Nasroniylikda ham yahudiylar sevilmagan, la'natlangan millat sifatida ko‘rilgan. Nasroniy Gitler ham shu sababdan yahudiylarni qirib tashlagan.

Bugungi kunda yahudiylar musulmonlarga dushman emas. Ularning falastinliklar va arablar bilan dushmanchiligi diniy emas, balki milliy dushmanchilikdir.

Yahudiylar Turkiston muxtoriyati qurilishida ham jonbozlik ko‘rsatishgan. Ko‘pgina pul ehson qilishgan.

Biz o‘zbeklarda yahudiylarni yomon ko‘rishga asos yo‘q, ular Markaziy Osiyoda ko‘p yillar yashagan, o‘zbek madaniyatiga hissa qo‘shishgan. O‘zbek shashmaqomini dunyoga yoyib yurganlar ham Buxoro yahudiylaridir.

Yer sayyorasi bitta, istaymizmi-yo‘qmi, biz boshqalar, xususan, yahudiylar bilan ham do‘st bo‘lib yashashimiz kerak, ulardan rivojlanish, texnologiya, inoqlik, bir-birini qo‘llash va, eng muhimi, millatni sevish borasida o‘rnak olsak arziydi.

Maqola muallifi Bahrom Rahmon 25 yoshda. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan. Diniy va etnik mavzulardagi dolzarb maqolalar muallifi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 yanvar 2019
Yangi yildan boshlab qo‘shimcha qiymat solig‘i joriy etilishi ortidan O‘zbekistonda tadbirkorlarning soliqdan qochishga intilishlari yanada kuchaygani kuzatilmoqda. So‘nggi vaqtlarda ...
20 iyun 2024
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. ...
16 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar ...
11 iyun 2018
Yaqinda OAV vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi, prezidentning davlat maslahatchisi Qahramon Quronboev o‘zining zo‘ravonligi bilan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...