Asosiy mavzular
26 fevral 2022

Nega o‘zbeklar Putinni sevadi?

Nega o‘zbeklar Putinni sevadi? Bu savolga normal mantiq bulan javob berish qiyin. Hozirgina taqirboshlar kaltaklagan, ho‘rlagan o‘zbek o‘sha zolimga ta'zim qiladi. Ukrainlarni millatchi deydi. O‘zi hayotida eshitmagan, ko‘rmagan Banderani hoin deydi. Dindori ham putinparast, dinsizi ham.

Sovet Ittifoqi tugab, mustaqil bo‘lganimizga 30 yildan oshdi, lekin hali ham bu imperiyasini qayta tiklamoqchi bo‘lgan fashist Putinni olqishlaydi, telba manyak bir diktatorga sig‘inadi. Nega bu olamon o‘z qotiliga oshiq? Mazlumning, zaifning, kuchsizlarning tarafida turish, vijdonini yo‘qotmagan millatlarga hos fazilatdir.

Demokratik jamiyatlardagina insoniy, ahloqiy fazilatlar saqlanib qoladi. Biz esa xar doim kuchning, kuchlining, qul egasining yonida saf tortayapmiz. Millat bo‘la olmayapmiz, bir «ega», bir ho‘jayinga bog‘liq bo‘lish bizni mamnun etayapti. Sohibsiz qolmaslik uchun doim hukmron axtaramiz. Ozodlikka intilshdan ko‘ra, boshqalarning ham bizdek asir bo‘lishini balki ko‘proq orzu etamiz. Putinparastlik, yurtboshiparastlik, diktator sevgisi, quldorga suykalanish, manfaatlarimizga uyg‘undek tuyuladi. Afsuski biz o‘zbeklar yashin tezligida kichik manfaatlarnimizni quliga aylanayapmiz. Sharaf, g‘urur , vijdon kabi hislatlar o‘rninini mayda manfaatlarga bo‘shatib berayabdi o‘zbek jamiyatida.

Menimcha bu jarayon haqiqiy ma'noda hur va erkin millat bo‘la olgunimizcha davom etadi. Faqatgina hur millatlar hurriyat dastakchisi bo‘la oladilar.

Yashasin hur va qahramon Ukrain millati!

Baxodir Fayz

Publitsist, AQSh

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2020
O‘zbekiston xalq shoiri, satirik va yumoristik janrdagi kitoblar muallifi Anvar Obidjon 73 yoshida 11 aprel kuni olamdan o‘tdi. Bu ...
13 mart 2019
O‘zbekiston prezidentining mamlakatda katta hajmda achchiq qalampir yetishtirib, keyin uni xorijga eksport qilish orzusi birinchi yildanoq sarobga aylanishiga sabab ...
22 sentyabr 2016
Qishloq xo‘jaligidan yiroq turli kasbdagi odamlar, nafaqat o‘z oilasi va ishini tashlab dalaga chiqishi, balki bu haqda gapirmasliklari, shikoyat ...
12 sentyabr 2017
12 sentyabr kuni tarmoqda Sirdaryoda tuman hokimining maktab direktorlarini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz nashri tarqatgan videoda Sirdaryo ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...